Ko‘zqarash
17 may 2023

Rassom Tuz: Pompeyaning oxirgi kuni

Bundan 10 yilcha oldin Pragada daryo toshib, uylarni g‘arq qiladi degan gapni ofatdan bir kun oldin aytishdi. Qiziq tuyg‘u edi bu. Mana daryo. Mana uylar. Mana shahar. Hali falokat yuz bermadi. Lekin yuz berishi aniq. Faqat odamlarni evakuatsiya qilishdi. Tabiiy ofat baribir kelishi va uylarni g‘arq qilishini bilish va bunga qarshi hech narsa qila olmaslik hissini yashadi shahar. Bu ofat oldidagi ilojsizlik edi. 

Bugun aljiragan savodsiz mullalar ketida yugurayotgan O‘zbekistondagi olomonni ko‘rib, bu mamlakatning ertaga chuqur falokat ostida qolishi, hozirgi Afg‘onistondan battar radikalizm botqoqiga botishini aniq bilib turibman. Tabaqalashishi barobarida astronomik darajada ong va tafakkurdan mosuvo bo‘lgan maymunlar galasiga aylanmoqda butun bir xalq. Kecha Eltuz Bosh muharriri Qudrat Bobojon bir gap aytdi: «1990 yilda ektrasens Aanatoliy Kashpirovskiy O‘zbekistonga kelib, bularni afsun qilib, miyasi ishlamaydigan bir xujayrali amyobalarga aylantirib ketgan». Gapning bo‘ladigani shu. Bu mamlakatning oti o‘zmaydi. Xalqi farovon bo‘lmaydi. Savodsizlik yonida esa vaxshiy jaholat keladi. 

Cho‘lda to‘rt o‘zbek bir xotinni quvalab yurgan videosini ko‘rdik. Bu bir ishorat. Xamir uchidan patir. Ertaga bundan battar bo‘ladi. Buni bilib turib, bu ofatga qarshi turolmaslikdan odam dahshatga tushadi. Bundan 10 yilcha oldin Pragada bo‘lgani kabi odamlarni ofat zonasidan evakuatsiya qilish mumkin. 

Bu ofatni oldindan sezganlar bor budini sotib, Meksika cho‘llarida AQShga o‘taman deb, sargardon yuribdi. Keyingi 4 oyda Rossiyaga ketayotgan o‘zbeklar oqimi chandon kattaygan. Yerni jinsiy olatiga bo‘lsa ham ketishga tayyor odamlar. Rahbarlarning deyarli hammasi G‘arb va AQShda¸ Turkiya yoki Dubayda xovli-joylar sotib olib, zapasnoy aerodromni tap tayyor qilib qo‘yibdi. Chexiya kadastrini qarasangiz, o‘zbek vazirlari familiyasi bilan bir xil bo‘lgan ismlar nomiga olingan villalarni ko‘rasiz. Kemaga tushganni joni bir emas. 

Kimlardir mamlakatni g‘arq qiladigan jaholat qurboni bo‘lib, zombilandda yashashga mahkum. Sharqdagi ilm mash'ali bo‘lgan O‘zbekistonning diniy tanazzul botqog‘iga o‘ta katta tezlikda cho‘kayotganini ko‘rib turish unchalik ham maroqli tomosha emas. Matnga ilova qilingan rasm «Pompeyaning oxirgi kuni» deb ataladi.

@eltuz2022

Tag‘in o‘qing
4 aprel 2018
Bog‘chadagi bolalarni urgani videosi tarqalgan, Jizzax shahrining «Navro‘z» nomli 39-bog‘cha tarbiyachisi 37 yashar Mohira Mamatqulova ishdan bo‘shatildi. Uch nafar ...
17 iyun 2020
Andijon viloyatining Oltinko‘l tumani turg‘uni 40 yashar Saydullo So‘fiev IIBning ikki xodimi 16 iyun kuni qo‘lini qayirib, mashinaga bosib, ...
13 may 2021
2005 yilning 13 mayda «akramiylar» deb atalgan guruh vakillari Andijonda harbiy qismga hujum qilib, qurollarni qo‘lga kiritishgan. Keyin ular ...
23 mart 2020
Koronavirus chiqqani ortidan tualet qog‘ozi talamon bo‘ldi. Rassom Kirpidan pandemiya mavzuiga oid yangi karikatura. Eltuz.com
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...