Ko‘zqarash
28 noyabr 2023

O‘zbek mulozimlari SSSRni jonbozlik bilan targ‘ib qilyaptimi?

SSSRni alqashga qaratilgan, kommunistik ruhda suratga olingan kinolar O‘zbekfilm arxivida juda ko‘p. Go‘yoki Rossiya bosib olmaganda O‘rta Osiyo qoloqligicha qolib ketardi, ruslar baxt va farovonlik keltirdi, degan qarashlarni singdirgan kinolarning rostdan sanog‘i yo‘q. Mana, endi shu kabi filmlar orasiga yaqinda namoyish qilingan «Armon» filmi ham qo‘shilibdi.
BVG va Saber tomonidan suratga olingan mazkur film to‘la-to‘kis rus propagandasiga xizmat qilibdi. Ishonmasangiz, film finalidagi quyidagi jumlalarga e'tibor bering:
«Biz odamlarning ikki tarafga bo‘linishiga o‘rganib qolganmiz. Ba'zilar SSSRni mutlaqo yovuz deb hisoblashadi, boshqalari aksincha. Eng yaxshi davrlar sovet ittifoqida bo‘lganiga ishonishadi. O‘tgan davrni bir tomonlama baholash mumkinmi? Albatta yo‘q. Tarix ko‘p qirrali. Qarashlar sub'ektivdir va haqiqat ular orasida yotadi. Sovet ittifoqi respublikalarida iliqlik davrida ta'lim, san'at, ijtimoiy taraqqiyot, ayollarning ozodligida ilgarilash yuz berdi.
Odamlar millati va e'tiqodidan qati nazar bir birlari bilan hamjihatlikni namoyon etdi. Birdamlikning yorqin misollaridan biri 1966 yilda sodir bo‘lgan Toshkentdagi zilziladir. Shaharni qayta qurish uchun zudlik bilan barcha sovet ittifoqi respublikalaridan mutaxassislar yetib kelishdi. SSSR yangi zavodlar qurdi, odamlar ta'lim olish imkoniga ega bo‘ldi. 60-70 yillarda odamlarning turmush sharoiti sezilarli darajada oshdi. Xurshyov va Brejnev davrida O‘rta Osiyo o‘zgardi» deyiladi filmda.
Aslida, jadidlar bugun O‘zbekiston siyosati uchun populizm, davlat populizmi uchun element sifatida ishlatilayotgani yangilik emas. Lekin ota-bobolarining nomidan foydalanib, rus og‘alariga yoqmoqchi bo‘lgan, shu ilinjda kino olgan amaldorlarni kim deyish kerak va kechirish mumkinmi ularni? «Armon» filmi ustida turganlar shunday pastkashlikka borishgan.

  1. Filmda qo‘rboshilar harakatini Milliy ozodlik kurashi emas, «bosmachilar» harakati deyilgan.
  2. Qo‘shiqlar rus tilida kuylangan.
  3. Jadidlar faqat xo‘rlangan va ezilgan, mag‘lubiyat timsoli sifatida namoyish etilgan.
    Shuningdek, film o‘ta yuzaki suratga olingan. G‘oyaviy jihatdan ham, ilmiy jihatdan ham sayoz. Ba'zi yirik jarayonlar, voqeliklar haqida akademik va professorlarning atigi bir-ikki so‘zi olingan. Film mualliflari Turkiston muxtoriyati, Germaniyaga o‘qishga yuborilgan talabalar haqida bir og‘iz so‘z yetarli deb o‘ylashgan ko‘rinadi.
    Xuddi «Jadidlar» to‘plami yangi fikr bermagani, hissiz va tayinli ma'lumotsiz hisobot bo‘lib qolgan kabi, ushbu film yo‘nalishi ham shu yo‘ldan borgan.
    Kinodan maqsad, SSSRdan nafratlanmanglar, uni yaxshi taraflari ko‘p edi, degan iddaoni aytish bo‘lsa, nima qilardingiz, film nomini jadidlar tarixi deb? Qanaqa ARMON? SSSRni ko‘rmay ketgani jadidlar uchun armon demoqchimisiz yo? Turkistondan tashib ketilgan oltinlar evaziga Moskva hadya qilgan o‘sha 3-4 so‘m choy-chaqa va 4-5 ta zavodni qahramonlik o‘laroq ko‘rsatish ekanku maqsadingiz. Bir tiyinga qimmat ushbu film o‘zbek mediasida yaxshigina shov-shuv ko‘targaniga qarganda Allamjonov homiyligi ostida suratga olingan emasmi?
    Yagona xulosam esa o‘sha: shunday filmlar oladiganlar bor ekan, dushmanni uzoqdan qidirishga umuman hojat yo‘q ekan.
    Maftuna Karimova, jurnalist
Tag‘in o‘qing
24 noyabr 2017
Istanbul shahrida yashayotgan O‘zbekiston vatandoshi 27 yoshli Ma'bud Nosirov xotini 25 yoshli Zarifa Shokirovani pichoqlab o‘ldirdi. Foto: hurriyet.com o‘ngdan ...
4 iyun 2019
Gulnora Karimovaning Yevropada muzlatilgan aktivlari O‘zbekistonga hozir qaytariladigan bo‘lsa, ulardan belgilangan tartibda foydalanilmasligi yoki hukmron doiralar vakillari yoxud ularning ...
19 mart 2018
Prezident kelishi oldidan yo‘lni tozalashga olib chiqilgan samarqandlik o‘qituvchi, 23 yoshli Diana Yenikeeva 14 mart kuni «KamAZ» mashinasi tagida ...
2 aprel 2018
O‘zbekistonning iqtisodiy qon tomiri, oltin-valyuta zaxiralarini o‘zida saqlovchi Markaziy bankning yana bir yuqori mulozimi, 23 yil davomida sobiq rais ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...