Video
26 dekabr 2023

CCCRni sog‘ingan o‘risqullarga xitob!

Rossiyalik siyosatchi Zaxar Prilepinning «Rossiya segodnya» matbuot-markazidagi anjumanda qilgan bayonotidan norozi o‘zbeklar stakan ichida bo‘ron qilib, erlarga ontarilib, dod voy qilib yotishibdi.

Prilepin o‘z mamlakati yeriga o‘zga yerlarni qo‘shib olishni aytdi.

Shu bilan u o‘risqul, sovetparast o‘zbeklardan farq qiladi.

Prilepin miyasi zaharlanib, o‘risqul bo‘lgan ikki million o‘zbek gastarbayter mardikor dangasalarni SSSRni tiklash uchun “troya oti” o‘laroq foydalanishni nazarda tutarkan, mo‘ljalda yanglishmadi.

Rossiyada mardikorlik qilayotgan ikki million qovoqbosh manqurtlar va ularning O‘zbekistondagi parazit qarindoshlari  «Putin bizni boqyapti», «SSSR yaxshi edi» deya o‘risqul bo‘lgani – bugunning haqiqati.

Bu millionlagan o‘zbeklar qornini to‘ydirgan odamga qul bo‘lib to‘nqayishidan oshkora faxrlanadigan yaratiqlardir.

Ular SSSRni shak keltirib bo‘lmaydigan muqaddasot sifatida sevishadi. 

Eltuzda SSSRni tanqid qiluvchi maqola chiqsa shoqollar galasi kabi kelib «SSSRga til tekkizma» deb xirillashadi.

“X FACTOR” shousida Qrimning bosib olinishiga qarshi qo‘shiq kuylanganida bu o‘zbeklar darrov to‘dalashib Kreml nuqtai nazarini himoya qilishadi.

Mustaqillik  quruq dodlash bilan emas, balki urushda dushmanni yenggan askarning yengish dovulini chalgani bilan belgilanadi.

1991 yili ham Ukrainlar nafaqat o‘z mustaqilligi balki O‘zbekiston mustaqilligi uchun ham hissa qo‘shgan edi. Bugun ham Ukrain askarlari nafaqat o‘zini, balki O‘zbekiston mustaqilligini qon va joni bilan himoya qilmoqda.

Savodsiz va johil aksar o‘zbeklar ommaviy aqldan ozgan. O‘rta bo‘g‘in rahbarlar, o‘qituvchi hamda maktab direktorlari O‘zbekiston mustaqilligining faol dushmanlariga aylanib bo‘lishgan. Ayniqsa, zombi mullalar Putinni maqtovchi maxsus rotaga aylanishgan.

Miyasi chiqarib olinib, o‘rniga o‘ris propagandasi to‘ldirilgan avom Putin uchun o‘z jonini berayotgani fonida rahbariyat undan beshbattar ekanini ko‘ramiz.

O‘zbekistonda SSSRni yaxshi qilib ko‘rsatish va o‘risqullik parvarishlanmoqda.

Boshliqlardan tortib gadoygacha: «Putin bizni boqmoqda, SSSR davrida gugurt bir tiyin edi» deb aljirab, mustaqillik ustidan hiringlab kulishni odat qilgan.

O‘zbekiston madvazir zami Bahodir Ahmedov o‘ris propagandachi artistlarga poyi patak bo‘lgani esingizdami?

Bir necha yil avval O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov, Madvazir Ozodbek Nazarbekov va uning hozir ishdan haydalgan zami Kamola Oqilova Toshkentning Kamolon mahallasida o‘zbeklarni o‘ldirgan rus bosqinchilariga atalgan yodgorlikni, davlat puliga ta'mirlab, yaltillatib qo‘yishgan edi.

Bu – dunyoda ko‘rilmagan ish.  Xuddi Isroilda Gitlerga haykal qo‘yilgani kabi absurd. Bu ishni dushmanlar emas, bizning tepamizda hanuz o‘tirgan manqurt rahbarlar qildi.

Hatto Sovet hukumati bu haqoratli ishni o‘ziga ep ko‘rmagan edi. Buyam yetmaganday SSSR maqtalgan kinolar olib, o‘ris askariga yangi-yangi haykallar milliardlab davlat puli evaziga tiklandi.

Hatto Rossiyada yangi haykallar qurilmagan paytda o‘risdan ham battar o‘ris bo‘lgan Aripov va komandasi rosa tirishib, astoydil o‘risparastligini ko‘rsatdi.

O‘zbekistonni ancha yil boshqargan Rashidov ham «Rus oshig‘i» deb nom chiqargan va Brejnevni v-zasos o‘pishga ruju qo‘ygan edi. Undan ham oldin, ancha oldin o‘rislar bosib kelganda zarchoponlar kiyish evaziga shahar darvozalarini ochib bergan sotqinlar ham o‘zimizning qorako‘zlar edi.

Eslatib o‘tamiz, 1864 yil 12 iyunda rus askarlari Turkiston shahrini bosib olib, 4 zambarak, 117 miltiq, 200 pud porox, 100 pud qo‘rg‘oshin va boshqa narsalarni o‘lja olganlar. Urushda ruslardan 5 kishi o‘ldirilib, 33 kishi jarohatlangan. Ruslar Turkiston shahriga 1495 snaryad, 43208 o‘q otganlar. Bu — jang dahshatli bo‘lganligidan, ko‘p kishilar halok etilganligidan dalolat beradi.

Ammo shahar kattalari, xususan, shayxulislom Nasrullo Ishoqov, naqib eshon Aliakbarxo‘ja Xonxo‘jaev, azizlar — Sharifxo‘ja Bekbetov, qozikalon Otaxo‘ja Buxorov, Qozi Eshonxo‘ja Mazlumxo‘jaev, Qozi Botirxuja Xo‘jabekov, a'lam Abdushukur Qo‘rmonbekov, rais G‘aribxo‘ja Afzalxo‘jaev, Asqarxuja Sudurxonxo‘jaev va boshqa kishilar general Verevkin nomiga quyidagi mazmunda xat yozdilar: «Biz o‘zimiz Qo‘qon xonligi davrida Mirza Davlatning g‘ayriqonuniy siquvlari va zulmidan xoli bulish uchun shahar darvozasini ochdik va ixtiyoriy ravishda imperator oliy hazratlariga bo‘ysundik. Biz qo‘qonliklarning zulmidan va zo‘ravonliklaridan hamda yuz beraetgan qimmatchilikdan juda qashshoqlashdik, ehtiyojimizning qondirilishiga nihoyatda muhtojmiz. Shu bois yangi hukmdorimizga baxt-saodat tilab quyidagi so‘rovlarimizning inobatga olinishini iltijo qilamiz:

1. Hozirgacha saqlanib kelayotgan barcha huquqlarimiz va ehtiyojlarimiz o‘z kuchida qoldirilib, hamma ishlar islom dini doirasida amalga oshirilsin, sud ham shariat asosida olib borilsin.

2. Otameros sifatida foydalanilayotgan yerlar, bog‘lar va tegirmonlar hamda shahar ichida va tashqarisidagi pulga sotib olingan yerlar shaxsiy mulk hisobida saqlansin.

3. Endilikda Rus davlati tobeligiga o‘tganligimizni va kambag‘alligimizni nazarda tutib, bizlarni zakot, xiroj (bug‘doydan), xonadonlardan va jon boshidan olinadigan barcha soliqlardan ozod etilsin.

4. Harbiy xizmat bizga tatbiq etilmasin, boshqa barcha davlat ishlari esa bajonidil bajariladi.

5. Biz xo‘jalar — Hazrat Sultonning avlodlari qadim vaqtlardan buyon va xonliklar davrida ham barcha davlat soliqlaridan ozod etilgan holda o‘zimizning yerimizga, bog‘larimizga, tegirmonlarimizga to‘la egalik qilib kelganmiz. Bundan buyon ham mazkur imtiyozlar qoldirilsin. Shuningdek, O‘rtoq va Suyar singari ikki ariq suvidan foydalanishimizga hech kim to‘sqinlik qilmasin».

Ko‘rinib turibdiki, bir guruh din peshvolari, birinchi navbatda, o‘z imtiyozlarini saqlashga ko‘proq e'tibor berganlar. Ular shu darajada nodonlik qilganlarki, islom dinida bo‘la turib, «kofirlar» qo‘l ostida yashashni afzal ko‘rganlar. Ular uchun imtiyozlar saqlansa, bas.

Tarix sizga hech narsa eslatmayaptimi? Bugungi sotqinlar tomirlarida kechagi sotqinlar qoni oqmoqda.

SSSR muftisi, M.Sodiq M. Yusuf Toshkentdagi Kirov saylov okrugidan SSSR Oliy Sovetiga nomzod bo‘lgan paytida ertadan kechgacha SSSRni saqlash uchun duo qilinglar degan va o‘ziyam SSSRparast bo‘lgan.

O‘sha paytdagi odamlarning ba'zilari tirik.

Gapning qisqasi ayb Prilepinda emas. Ayb o‘zimizda.

Agar Mirziyoev hukumati Rossiya TV propagandasini O‘zbekiston hududida ta'qiqlamasa, bu o‘lat butun mamlakat vujudini qamrab oladi.

O‘zbekistonda Rossiya propaganda matbuoti taqiqlanishi ShART!  Bu davlat va millatning o‘lim qolim masalasidir.

Rossiya Ukrainaga qarshi xoinona urush boshlaganidan keyin Germaniyada Rossiya propaganda matbuoti uzil kesil taqiqlab qo‘yildi:

1. Germaniyadagi kabel kanalaridan barcha Rossiya telekanallari olib tashlandi;

2. Hot Bird  kabi sun'iy yo‘ldosh kanallari orqali Rossiya TVlari namoyishiga cheklov qo‘yildi;

3. Youtube va boshqa internet platformalaridagi barcha Rossiya propagandik kontent va telekanallari yopib qo‘yildi;

Z belgisi va boshqa putinparastlik timsollarini targ‘ib qilish jinoyatga tenglashtirildi (Hozir GFRda kamida 140 putinqul ustidan tergov  ketmoqda).

Diqqat qiling, bu ishlarni kuchli armiyaga ega va NATO a'zosi bo‘lgan qudratli Germaniya amalga oshirmoqda. O‘zbekiston kabi mudofaa tizimi korruptsionerlar qo‘lida  qolgan, aholining aksar qismi o‘ris zombi qutisi tarafidan karaxt qilingan zaif bir davlatning Rossiya propagandasiga qarshi hech qanday tadbiri yo‘qligi qator savollar paydo qiladi.

Bu savollardan biri O‘zbekiston mustaqil davlat sifatida yer yuzida saqlanib qola oladimi, degan ritorikadir.

Tag‘in o‘qing
7 aprel 2021
Sezgan bo‘lsangiz, rasmiy iste'molga Karimov davridan qolib ketgan «ma'naviyat va ma'rifat» mafkurasi qaytdi. Qaytishi ham muqarrar edi, chunki islohotlarni, ...
3 mart 2022
O‘zbek migrantining Putinga murojaati telegramda elga ovoza bo‘ldi. «Zdarastvuyte, Putin Valadimirovich aka. Ya migrant O‘zbekistona. Dayte mne arujiya. Ya ...
22 sentyabr 2023
RT: Aziz do‘stim. Ko‘zlari intizor singlim. Mehribon opajonlarim. Duogo‘y onaxonlar. Yuzidan farishta yoqqan otaxonlar, akalar, ukalar mana rassom akangiz va'z ...
30 iyun 2021
Tojikiston tomoni “Tolibon” ta'qibidan qochayotgan afg‘on harbiylariga boshpana taklif etmoqda, ammo O‘zbekiston rasmiylari bu borada qattiqroq pozitsiyada turibdi.  Ikki ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...