Asosiy mavzular
11 yanvar 2024

Salimboy qirg‘iz prezidentlariga «dobro» berganmi?

Qirg‘iziston parlamenti kecha, ya'ni 10 yanvarda ko‘pchilik ovoz bilan deputat Emil Jamg‘irchievni jinoiy javobgarlikka tortishga ruxsat berdi. Mazkur qarorni 69 deputat qo‘llab ovoz berdi.

Bu masala bo‘yicha tuzilgan deputatlar komissiyasi raisi Alisher Erbaev Emil Jamg‘irchiev 2022 yilda «Salimboy» nomi bilan tanilgan Salim Abduvaliev bilan uchrashish va undan qo‘llov olish maqsadida Qirg‘iziston chegarasini noqonuniy buzib O‘zbekistonga o‘tganini bildirdi.

Qirg‘iziston Milliy havfsizlik qo‘mitasi raisi Qamchibek Tashiev qirg‘iz davlat mulozimlari najot so‘rab o‘zbekistonlik krimavtoritet Salim Abduvalievga murojaat qilishganini aytdi.

U shuningdek Qirg‘iziston yig‘ilishida Jokorig‘i kengashi yig‘ilishida, jinoyatchilikka va korruptsiyaga qarshi kurash qo‘mitasi raisi, deputat Emil Jamg‘irchievning Salim Abduvaliev bilan aloqalariga alohida to‘xtaldi.

“U yurtimizni boshqarayotganlarning hammasini yomonlab, Salim Abduvalievdan ularga chora ko‘rishni iltimos qilgan, bu qanaqa ahmoqlik?!» deya yozg‘irdi Qirg‘iziston havfsizlik idorasi rahbari.

Tashiev o‘z fikrlariga dalil sifatida Emil Jamg‘irchievning o‘z qo‘li bilan Salim Abduvalievga yozgan xatini ko‘rsatib, uning krimavtoritet Salim Abduvaliev bilan uchrashganini tasdiqladi. 

«Unga men undan 180 ming dollar tovlaganim haqida yozgan, men esa, aksincha, unga qaytarib berdirganman pulni. Go‘yoki, ikki yigit mening nomimdan borib Jamg‘irchievning otasidan tovlamachilik qilishgan. Ulardan biri Qadamjoydan, ikkinchisi Suzoqdan. 

Ha, bir paytlar saylov davrida ular biz bilan birga yurishgan. Bu fakt yuzasidan ish qo‘zg‘atdik, yigitlarni qo‘lga oldik, 180 ming dollarni otasiga qaytarib berdik. Ulardan biri – O‘rozaliev 10 ming dollar berdi, ertasi kuni u qo‘yib yuborilishi kerak edi, ammo ertalab insult bo‘lib kasalxonada vafot etdi» dedi Tashiev.

Shuningdek Tashievning so‘zlaridan ma'lum bo‘lishicha, qirg‘iz mulozimi o‘z xatida Qirg‘izistonning barcha prezidentlari saylovlar oldidan Salim Abduvalievning fotihasini olishgani haqida yozgan.

«Bu nima degan gap? Butun mamlakatni kulgiga qoldirdi bu ahmoq! Qachon bizning prezidentlarimiz qaerdagi krimavtoritetning fotihasini olgan ekan?! Bu bo‘lmagan gap va bundan keyin ham bo‘lmaydi”, — dedi Tashiev.

U shuningdek, Jamg‘irchievni javobgarlikka tortishni talab qildi. 

O‘tgan yilning 27 dekabrida Qirg‘iziston Bosh prokurori Qurmanqul Zulushev deputat Emil Jamg‘irchievni «Davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tish» moddasi asosida jinoiy javobgarlikka tortish uchun parlamentdan ruxsat so‘ragan edi.

Eltuz manbalariga ko‘ra, Emil Jamg‘irchiev 9 yanvarda deputat Nilufar Olimjonovaning kabinetiga kirib, o‘zini ikkinchi qavat derazasidan pastga tashlagan va qochib ketgan. 

O‘sha kuni deputatlar komissiyasi Jamg‘irchievni javobgarlikka tortishga ruxsat berish masalasini ko‘rib chiqayotgan edi.

Jamg‘irchiev 10 yanvardagi yig‘ilishga ham kelmagan. Uning qaerdaligi ham noma'lum. 

O‘zbekistonda jinoiy avtoritet va yirik tadbirkor sifatida tanilgan Salim Abduvalievning hibsga olingani haqida birinchi bo‘lib Eltuz xabar bergan va bu xabar oradan uch kun o‘tib Toshkent shahar IIBB tomonidan tasdiqlangan edi.

“Salimboy” nomi bilan bilingan va bunga qadar mahalliy matbuotda tadbirkor va metsenat deb ta'riflab kelingan 73 yashar Salim Abduvaliev JKning 248-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etishda gumon qilinmoqda.

Abduvaliev 2017 yil yanvaridan Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari va sport kurashlari assotsiatsiyasi raisi lavozimlarida ishlab kelayotgan edi.

Abduvalievdan tashqari O‘zbekistonda o‘nlab kriminal avtoritetlar qamoqqa olingan.

Tag‘in o‘qing
13 dekabr 2018
Shu kunlarda ko‘plab nashrlar Gulnora Karimovaning O‘zbekiston hukumatini moddiy qo‘llab-quvvatlash niyatida ekani haqida yozishdi.   Jamiyatdan hamon yopiq saqlanayotgan Islom ...
6 aprel 2020
Ijtimoiy tarmoqning o‘zbek segmentida “Otarchilar, yo‘taling”, “Ozodbek, day million” degan chellenjlarga javoban “O‘zbekkontsert” davlat muassasasi axborot xizmati bildirgi chiqardi. ...
14 oktyabr 2019
O‘zbekiston Senati raisi Tanzila Norboeva “katta mablag‘ va boshqa resurslar evaziga sahroga aylangan Orol dengizi hududida turli daraxtlar ekilayotgan ...
18 dekabr 2018
Xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatov joylardagi o‘z qo‘l ostidagi rahbarlarga xat yo‘llab, bir necha talablarni qo‘ydi. Xususan, vazir xalq ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...