Ko‘zqarash
13 fevral 2024

O‘zbek gimnidan kim qo‘rqadi?

Tarmoqning o‘zbek segmenti o‘zbek davlat ramzlariga nafratni parvarishlamoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda mahalla raisi va faollarning davlat madhiyasini kuylayotgani masxara qilingan videolavhalar tarqalmoqda.

Tarmoqlarda «kulib tashlangan» g‘oya O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi etib tayinlangan Qahramon Quronboevga oid ekani haqida Eltuzda ovozli fayl bor.

Quronboev bu audioda, mahalla va maktablarda davlat gimnini ijro qilish, bayroq ko‘tarish tadbiri va maktablarga bolasini yubormayotgan oilalarning nazoratga olinishini urg‘ulaydi.

Bolasini maktab o‘rniga otin oyi yoki bachchaboz mullalarning yashirin hujralariga yuborayotgan ota-onalar bois davomat pasaygan. Ayniqsa juma kunlari maktablar huvillab yotadi.

O‘zlari diniy ekstremistik g‘oyalar ta'sirida zombiga aylangan ota-onalar bolalarining ta'lim olish huquqini cheklab qo‘ymoqda. Bu xolatda davlat aralashuvi eng to‘g‘ri yechim.

Nega tarmoqdagi blogerlarga bolalarning davlat maktablarida o‘qishi yoqmayapti. Shu davlat bayrog‘i ko‘tarilsa yoki shu davlat gimni ijro qilinsa nimasi yomon?

Agar maktablarda o‘qishini Oyatul kursi bilan boshlashsa tomiri diniy ekstremizmdan suv ichayotgan kun uzlar buni olqishlagan bo‘lar edi.

Davlat ramzlari ulug‘lanishini oshkora mashara qilish¸ davlat gimnini ijro qilganlarni sazoyi qilish davlatchilik nuqtaiy nazaridan xatarli signal.

Savodi haminqadar blogerlar o‘z yurti ramzlari ulug‘lanishini Shimoliy Koreeyaga taqqoslab «aqlli»lik qilishmoqda.

Ayni blogerlar to‘g‘ri kelsa kelmasa Yaponiyani misol qilib ko‘rsatishadi.

Xolbuki Yaponiyada gimn va bayroqqa oshig‘ich hurmat bor.

2003 yilning oktyabrida Tokio xalq ta'lim departamenti 300 dan ziyod o‘rta maktabga Yaponiya gimni ijro qilish majburiyati haqida talabnoma jo‘natdi.

Gimn aytilayotgan paytda o‘quvchilarning davlat bayrog‘iga tikilib turishi talab qilingan edi.

2005 yilda Frantsiya hukumati o‘rta maktablarda gimn aytish ritualini «milliy g‘ururni tiklash» tadbiri doirasida joriy qildi. 2015 yilda islomiy radikallashuvga qarshi davlat tadbirlari ichida barcha o‘quv muassasalarida gimn kuylash zarurligi ulug‘landi.

2008 yili Litvadagi Kaunas shahar kengashi rahbari Raymundas Kaminskas va shahar hokimi Andryus Kupchinskas maktablarda har kuni o‘qish oldidan mamlakat gimnini kuylash taklifi bilan chiqishdi. Parlament bu taklifni maqulladi.

Litva vatansevarlari buni olqishladi.

2012 yili Qozog‘iston maktablarida ham gimn kuylash joriy qilindi.

AQShdagi aksar maktab va bog‘chalarda har kuni davlat madhiyasi kuylanadi. Har kuni mamlakat bayrog‘ini ko‘tarish marosimi o‘tkziladi.

2005 yili AQSh milliy musiqa assotsiatsiyasi maktablarda millat gimnini chiroyli kuylashni qo‘llovchi tadbirni boshladi. Bu tadbir oldidan o‘tkazilgan so‘rovda AQSh aholisining kattagina qismi gimn so‘zalarini bilmasligi o‘rtaga chiqqan edi.

Bu kemtikni to‘ldirish va mamlakat ramzi bo‘lgan gimnni yanada jozibador qilish uchun taniqli musiqachilar davraga tushdi.

Turkiyadagi davlat maktablarida har kuni o‘qish boshlanishidan oldin davlat bayrog‘i ko‘tarilib madhiya ijro qilinadi.

«Qo‘rqma» deb boshlanadigan gimn turk yoshlari yuragini g‘urur hamda vatanga muhabbat hislari bilan to‘ldiradi. Turkiyada davlat bayrog‘iga alohida hurmat madaniyati shakllangan.

Xindistondagi maktablar ham kunni davlat gimnini ijro qilish bilan boshlaydi.

Keyingi paytda erinmagan bloger Xitoyni maqtab yotadi. Xolbuki Xittoy maktablari va mahallalarida har kuni gimn aytish joiz qilingan.

Gap o‘z davlatining gimni haqida ketmoqda. Begona davlatning emas. O‘zbekiston aholisi 70 yil «Assalom rus xalqi» deya boshlanadigan begona va bosqinchi sovet gimnini ijro qilib keldi.

Yulduz Usmonova kabi buqalamun «katyusha» aytib qizil jallodlarni ulug‘laganda jim turganlar endi o‘zbek gimni aytilganida roxatsiz bo‘ldimi?

Nega? O‘zbekiston aholisining o‘risqul va arabqul bo‘lib ketgan zombi aholisiniing tanazzul darajasi yetmaydimi bularga.

Nega davlat ramzlariga nafratni shakllantirishi kerak bu balogirlar. Kim ular? Na savod¸ na aql ko‘rmagan, xayp va layk uchun zombi dindorlar taxorat qilgan suvni ichadigan toifaku bular.

Eltuz davlat ramzlari, madxiyasi, bayrog‘ini kamsitganlar bilan birga emas.

Bayroqni emas, boyroqlarni sevadigan sharafsiz yaltoqilar ham bizdan emas.

Lag‘monning bir uchi bilan og‘zi tikiladigan, yugurgani somonxona bo‘lganlarga ham idi naxxuy deymiz.

Biz qo‘limizni ko‘ksimizga qo‘yib «Oltin bu vodiylar jon O‘zbekiston» deya kuylaymiz. Kim istamasa Afg‘onistonga borib nasha chekib nashida aytsin yoki O‘rus yurtida emaklab katyusha kuylasin.

Qo‘rqamanki, bundan battar chog‘lar kelur,

Yo‘limizga siz qazigan chohlar kelur,

Dengiz-dengiz, to‘lqin-to‘lqin “oh”lar kelur,

Xalq qaerda, kuch qaerda, Cho‘lpon qani?

(She'riy parcha Mexrinoz Abbosovadan)

Keyingi ikki yuz yilda mustamlaka bo‘lib umurtqasiz xolga kelgan O‘zbekistondagi biomassa shuurida davlatchilik madaniyati yo‘q. O‘risga yo arabga yoxud o‘g‘rilarga sig‘inishga o‘rgangan yaratiqlarga vatanni sevish erish tuyulmoqda.

Ilovadagi rasmda O‘zbekistonning o‘z gimni va bayrog‘i bo‘lishini talab qilgani ortidan Sovet davrida qamalgan marxum vatandoshimiz Mirtemir Mirabdullaev.

Tag‘in o‘qing
16 avgust 2022
Eltuz muxbirining yozishicha, dushanba kuni tushlik paytida Toshkentning Yunusobot tumani IIB yonida katta tezlikda Jentra avtomashinasini boshqarib borayotgan shaxs ...
3 iyun 2019
Andijonda 25 may kuni e'lon qilingan shanbalik 29 may kuni ham davom etdi. Marhamat tumani elektr tarmoqlari korxonasi ishchisining ...
15 aprel 2023
Rassom Tuz: Aziz og‘a ini, opa singil qadrdonlarim. Mana xafta aylanib siz bilan birgaman.  Matchon Suqilish: Nichiksizlar mo‘chchi oybika ...
3 iyun 2020
O‘tgan yilning yanvarida JSST (Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti) Pekinning koronavirus tarqalishiga bo‘lgan tezkor munosabatini olqishlayotgan paytda Xitoy rasmiylarining xatti-harakatlari ...
Bloglar
23 yanvar 2025
O‘zbekiston mudofaa vaziri Xolmuxammedov bosqinchi gazanda Rossiya bilan 2026-2030 yillarda harbiy sohada strategik hamkorlik dasturi ...
20 yanvar 2025
O‘zbekiston prezidenti uyida yirtqich hayvon¸ ilon va xasharotlarni boqadiganlar jazolanishi haqidagi qarorni 16 yanvar kuni ...
12 yanvar 2025
Turli mavzularga o‘z qarashi bilan farqlanadigan bloger Kirpi Prezidentning 380-sonli qarori asosida 1000ta kitobning o‘zbek ...