Ko‘zqarash
8 avgust 2024

Muhabbat Nazar: Arabqullik bu illat!!!

«Arabiston tuprog‘ida bola tug‘ish» maqsadidagi xotinlar va ularni yetaklab ketayotgan erkaklar. Arabistonda o‘qilgan sha'riy nikohga reklama tus bera boshlagan yosh kelin – kuyovlar O‘zbek jamiyatining bo‘lg‘usidagi katta xataridir!

Bu tutum o‘z zurriyodini davlatga ishonmaslik va vatan qadrini taxqirlashdan boshqa narsa emas. O‘zbekiston musulmonlari idorasining «Shar'iy nikohdan o‘tish odoblari» haqidagi fatvosida: nikoh marosimi diyorimizda qadimdan milliy va diniy udumlar asosida amalga oshirib kelingani bayon qilingan.

Shar'iy nikohdan o‘tish uchun kelin – kuyovlardan talab qilinadigan shart va odoblar mavjud.

O‘zbekchilikka xos va mos bo‘lgan mavjud qonun – qoidalarni ikkinchi darajaga qo‘yishga urinayotgan arabchi toifalarga qonuniy jazo berilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Lozim bo‘lsa, davlat bularni fuqarolik xuquqidan chiqarib yuborsin – ki, o‘zlari ulug‘lagan arab cho‘llarida qo‘nim topsin, yashasin. Bolasining kelajagini o‘sha yerlarda qursin.

Shaxsan men, o‘z yurtimda arab millati madaniyati bilan uyg‘unlashgan madaniyat istamayman. Moziydan boshlanib, bizni bugunlarga keltirib qo‘ygan hozirgi «arab shaydoligi» vaziyatidan ham noroziman!

Arab millatining madaniyati, san'ati, qadriyati va yashash sharoiti shaxsan men uchun butunlay yot. Qolaversa, musulmon bo‘lish vaji bilan arabni qadrlashga yoki uning madaniyatini nusxalashga majbur emasmiz! O‘zbek o‘z yurtida o‘zligi, qadriyati bilan yashasin!

Uch ming yillik tarixga ega O‘zbek davlatchiligining buyuk madaniy merosini tinch qo‘yinglar. Yo‘qolsin yot unsurlar! Yo‘qolsin yot g‘oyalar targ‘ibotchilari!

Tag‘in o‘qing
1 iyun 2023
O‘tgan hafta oxirida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Toshkent shahrining yangi hokimi Shavkat Umurzoqov bilan birga poytaxt markazi – ...
5 mart 2020
Xitoylik uyg‘urlar masalasi bo‘yicha taniqli tadqiqotchi, yozuvchi va tarjimon Yevgeniy Bunin (Gen Bunın) O‘zbekistonga ikkinchi marta kiritilmadi. U bu ...
24 mart 2020
Koronavirus karantini bois hukumat 24 martdan boshlab Toshkentga kirish va chiqishni noma'lum muddatga taqiqladi. «O‘zbekiston temir yo‘llari» va Uzbekistan ...
12 may 2017
12 may kuni Toshkentda atoqli o‘zbek shoiri Tursunboy Adashboev yurak hurujidan vafot etdi. Tursunboy Adashboev 1939 yil 1 yanvarida O‘sh ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...