Asosiy mavzular
17 fevral 2016

Qanday qilib mashinalik bo‘lish mumkin…

Eltuzga maktub yo‘llagan jizzaxlik talaba 10-15-fevral kunlari Pedagogika va Politexnika institutlarida yakuniga yetayotgan imtihonlar jarayoni haqidagi kuzatuvlarini shunday bayon etadi. “Qaysi bir talaba bilan suhbatlashmang, o‘qishdan va fanlarni yaxshi o‘zlashtirishdan umidi so‘ngani, ushbu oliygohlarda bilim olib bo‘lmasligini aytadi. Nega unda bu oliy o‘quv yurtlarida tahsil olishayotgani va maqsadi haqida so‘raganimizda, ular faqat bakalavr diplomi va kelajakda shu diplom orqali biror ishli bo‘lish niyatida ekanliklarini ta'kidlashadi”.

Talabaning so‘zlariga ko‘ra, diplomi yo‘qlar Rossiya yoki boshqa chet davlatlarda mardikorlikka mahkum bo‘lib qolishdan cho‘chishmoqda. O‘qib bilim olishga umidning so‘nayotganligiga esa institutlarda avj olgan poraxo‘rlik sabab.

“Faqat 20 foiz o‘qituvchilar bilimga qarab baho qo‘yishi mumkin, lekin bu umumiy vaziyatni o‘zgartirmaydi. Qolgan o‘qituvchilar ma'lum miqdor pora evaziga talaba istagan bahoni qo‘yib berishadi.”

Uning aytishicha, bu yilgi bitta fandan o‘tish bahosi 30-50 ming so‘m. Demak 10 ta fandan imtihon topshiradigan talaba o‘rtacha 500 ming so‘m sarf qiladi. “Agar talaba kontrakt asosida tahsil olsa, uning ahvolini tasavvur qilib ko‘ring! Bir yillik kontrakt puli 5 900 000 so‘mdan boshlanadi. Shuningdek, imtihonlardan keyin o‘qituvchilar yangi mashinali, uyli bo‘lib qolishadi”, deya yakunlaydi maktubini jizzaxlik talaba.

Eslatib o‘tamiz, 2015 yili yillik korruptsiya darajasi reytingi bo‘yicha O‘zbekiston 167 davlat ichida 153 o‘rinni olgan, bu sobiq Sovet ittifoqi davlatlari orasida eng past ko‘rsatkichdir. Korruptsiya deyarli yo‘q bo‘lgan eng «toza» davlatlar: Daniya, Finlyandiya, Щvetsiya, Gollandiya va Norvegiyadir. Ayni mamlakatlarda so‘z erkinligi, siyosiy va fuqaroviy huquqlarni hurmat qidish darajasi ham ancha yuqoridir.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
25 dekabr 2017
24 dekabr – yakshanba kuni Toshkent shahar xalq deputatlari tuman kengashlariga bo‘lib o‘tgan saylov xalqning bunday tadbirga umuman ishonchi ...
29 avgust 2016
O‘zbekistonni 27 yil davomida shafqatsizlik va qonunga xilof ravishda boshqargan avtoritar prezident Islom Karimov 78 yoshida o‘ldi. Bu haqda ...
22 avgust 2017
Mug‘anniy (G‘anijon Holmatov) 1949 yil O‘sh shahrida tug‘ilgan. Toshkent Teatr va rassomchilik institutini tamomlagan. Shoir 2014 yilning 9 iyunida ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...