Ko‘zqarash
8 may 2015

Umida Niyozova: “Odamlar O‘zbekistonda talab qilishni unutishgan”

Siz ayta olasizmi “O‘zbek-nemis inson huquqlari forumi” (Uzbek-German Forum – UGF)ga raxbarligingiz haqida?

– 2008 yili men O‘zbekistonda to‘rt oy qamoqda bo‘lganimdan so‘ng Berlinga keldim. Meni, jamoatchilik tartibiga tahdid soluvchi axborotlar tarqatish, «diniy ekstremistik» materiallar kontrabandasi kabi qo‘rqimnchli jinoyatlarda ayblashdi. Ayblovlar mutlaqo absurd edi.

Men O‘zbekistonga qaytmaslikka, Germaniyada qolib huquq himoyachilik faoliyatini davom ettirishga qaror qildim. Mening Berlin Erkin Universitetida so‘zlagan nutqimdan keyin oldimga bir nechta talabalar kelishdi, mening ishimga yordam berishlarini taklif etishdi. Biroz muddat, 2009 yilning yozida, biz tashkilot tuzishga qaror qildik, bu tashkilot O‘zbekistonda inson huquqlari vaziyatini yaxshilashga qaratilgandi.

Siz UGFni 2009 yilning yozida tashkil etdingiz, shu vaqt ichida erishgan eng katta yutug‘ingiz nimadan iborat bo‘ldi? Va shu davr davomida eng katta to‘siq nimadan iborat bo‘ldi?

– Men, paxta terimidagi majburiy mehnatni tugatish sari bizning astoydil harakatlarimizg‘ sezilarli natijasini berganini aytgan bo‘lar edim. 2012 yili maktab yoshidagi, 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarni paxta terimiga jalb etmaslik haqida siyosiy qaror qabul qilindi.

Albatta, bu sohada faqat birgina bizning tashkilotimiz ish olib borgani yo‘q, bir qancha o‘nlab tashkilotlar ham bolalar mehnatini to‘xtatilishini talab qilishdi.

Ta'kidlash joizki, paxtachilik sohasidagi majburlash va tovlamachilik tizimi printsipial jihatdan o‘zgargani yo‘q, bolalar mehnati o‘rni katta yoshdagi aholi qatlamidan to‘ldirildi. Shunga qaramay, bu juda muhim, bolalarni ortiq paxta terimiga haydashmaydi. Oxir oqibat, bolalardan farqli, katta yoshdagilar o‘zlarining eksplatatsiya qilinishlariga qarshi tura olishlari kerak.

Samarali huquq himoya faoliyatiga to‘siqlar talaygina. Bu o‘zbek yoshlarining demokratiya, erkinlik, inson huquqlariga qiziqishlari yo‘qligi, hukumat oldidagi qo‘rquvi, har qanday tanqidning odamlarni o‘z havfsizliklarini o‘ylashga majburlashi hollaridir.

Afsuski, O‘zbekistondagi odamlar hukumatdan biror narsani talab qilishni mutlaqo unutishgan.

Agar odamlarning o‘zlari ularning huquqlari hurmat qilinishini istashmas ekak bir necha o‘nlab huquq himoyachilari hech narsa qila olishmaydi.

Oddiy bir misol, o‘tgan yili paxta dalasida, Urganchlik kollej talabasi, 16 yoshli Erkaboy Yo‘ldoshev paxta dalasida o‘ldi.

Uning onasi bu Ozodlik radiosiga faryod chekib yig‘lab gapirdi, biroq bir necha kun o‘tib, XMT xalqaro kuzatuvchilari u bilan telefon orqali bog‘lanishganida, u uchrashishdan bosh tortdi.

16 yoshli o‘g‘lini yo‘qotgan ona huquq himoyachilari bilan uchrashishni va yuz bergan voqea haqida gapirishni ham istamadi. Bunday misollar juda ko‘p. Axir huquq himoyachilarining yagona «quroli» – bu ochiqlik.

Strategiya «Name and Shame» boshqa mamlakatlarda ham yaxshi ishlaydi. Biroq buning uchun, jurnalistlar yoki huquq himoyachilari bilan uchrashishdan bosh tortmasliklari kerak.

Sizning tashkilotingiz vazifasi, mahalliy huquq himoya guruhlarini kuchaytirib, O‘zbekistonda inson huquqlarining buzilishiga barham berish. Bugungi huquq himoya guruhlari ahvoliga qanday baho berasiz, ular yaqin orada o‘zgarishlari mumkinmi? Ularga YeI yordam beradimi?

– Avtoritar mamlakatda hukumatni tanqid qilish – yetarli darajada havfli bir ish. O‘zbekistonda qolgan va o‘z muhim faoliyatlarini davom ettirayotgan huquq himoyachilari barmoq bilan sanarli.

Ularga munosabat ham bir hil – dushman kabi. Buning isbotiga, huquq himoyachilari bilan terrorchilikka qarshi kurash bo‘limi xodimlari shug‘ullanishayotgani faktini keltirish mumkin.

Mana shundan kelib chiqib, bir tomonda bir hovuch mard odamlar, na moddiy vositalari, na ochiqlik, na jamoatchilik qo‘llovidan mahrum.

Boshqa tomondan hukumatning bor kuchishlatar tizimi, behisob zahiralari va qo‘g‘irchoq sudlari bilan. Ko‘pchilik faol fuqarolar ketishga, boshqalari kuchishlatar tizimlari bilan hamkorlik qilishga majbur bo‘lishmoqda. Har qanday holatda ham, O‘zbekistonda avtoritar xokimiyat tizimi saqlab qolinarkan, ularning ishi havfli bo‘lib qolaveradi.

Biz ularga qanday yordam berishga urinayapmiz? Birinchidan, Yevropa siyosatchilari va diplomatlari bilan barcha uchrashuvlarda men hamisha O‘zbekistonda qolayotgan huquq himoyachilarining havfsizligi masalasini ko‘tarayapman.

Ularga toqat qilishayotgani, ularni hibsga olishmayotgani, hukumatning qatag‘onlar ortidan g‘arb mamlakatlari noroziligi kuchayishi mumkinligini anglayotganini bildiradi. Agar huquq himoyachilari bo‘lmasa, demak olinadigan axborotlar ham yanada kamayadi, odamlarning ahvoli yanada yomonlashadi.

Biz, g‘arb diplomatlari bu haqda yaqqolroq tushunchaga ega bo‘lishlari uchun intilamiz.

YeI va boshqa institutlar Sizning tashkilotingiz ishini qanday qabul qiladi, ular Sizga yordam beradimi? Va xalqaro hamjamiyat O‘zbekistondagi inson huquqlari himoyasiga yordam berish uchun nima qilishi kerak?

– Yevropa Ittifoqi Markaziy Osiyodagi avtoritar mamlakatlar bilan yumshoq dialog yo‘lini tanlagan. Bu ayniqsa Germaniyaga taalluqli. Ularning argumenti, sanktsiyalar qo‘llash va hech narsa haqida gapirmaslikdan ko‘ra, yaxshisi dialog olib borgan va inson huquqlari muammosi haqida gapirgan ma'qul, deganidir

Shu bois, Germaniyaning O‘zbekistonga nisbatan tanqidiy chiqishlarini kutish qiyin. Mening fikrimcha bu strategiya o‘zini oqlamaydi.

Dunyoda O‘zbekistondagi kabi repressiv rejimlar uncha ko‘p qolgani yo‘q. Shuning uchun, yevropa siyosatchilari Karimov rejimini ancha keskinroq va eng muhimi oshkora tanqid qilishlari mumkin edi.

Biroq baribir, halqaro maydonlarda O‘zbekiston hisob berishi kerak bo‘lgan paytda, mulozimlarning g‘arb davlatlari va huquq himoya tashkilotlari tanqid to‘lqiniga dosh berishi borgan sari qiyinroq kechayotganini ko‘ramiz. So‘nggi misol – «davlat» huquq himoyachisi Akmal Saidovning ruhiy jazavaga tushgani bo‘ldi.

Halqaro hamjamiyat birinchi galda O‘zbekistondav inson erki va huquqlari uchun ishlayotgan o‘zbek fuqarolik faollari va mustaqil jurnalistlarni ma'naviy va moddiy qo‘llab quvvatlashi lozim.

O‘zbek hukumati – axborot yo‘q bo‘lsa muammo ham yo‘q, tamoyilida ishlaydi. Shuning uchun Xyuman Rayts Votch va boshqa samarali tashkilotlar yopildi, shuning uchun Ozodlik va VVS muxbirlik bo‘limlari yopildi. Ya'ni guvohlar bo‘lmasa, axborot yengil manipulyatsiya qilinadi.

Foydali bo‘lar edi, agar Yevroittifoq o‘zbek mulozimlari bilan o‘zining «Inson huquqlari bo‘yicha dialog»lari haqida ko‘proq ma'lumot bersa. «Dialog» qay yo‘sinda borayotgani, muammolarning naqadar jiddiy muhokama etilganini tushunish uchun, bunday majlis bayonlarini ko‘rish qiziq bo‘lar edi.

YeIdagi odamlar O‘zbekistondagi huquq himoya vaziyati haqida qanchalik xabardor? Yevropada jamoatchilik fikrining shakllanishi uchun UGF nimalar qilmoqda?

– Mening kuzatishlarimga ko‘ra, Germaniyadagi oddiy odamlar O‘zbekiston kabi mamlakat haqida zaif tasavvurga ega. Bizning mamlakatimizdagi inson huquqlari ahvoli haqida esa yanada kamroq bilishadi.

Biroq g‘arb jurnalistlari va fuqarolik faollari O‘zbekiston – mutlaq avtoritar rejim ekanligini yaxshi bilishadi.

Kichik bir tashkilot bo‘lsakda, biz g‘arb auditoriyasini O‘zbekistondagi inson huquqlari muammolariga qaratish uchun ancha ish qilayapmiz.

Men juda ham istar edim, O‘zbekistonda demokraktiyasiz inson huquqlarini hurmat qilmasdan mamlakatni rivojlantirib bo‘lmasligini tushungan odamlar ko‘p bo‘lishini.

Uznews.net

Tag‘in o‘qing
21 noyabr 2016
«Xalq so‘zi» gazetasi (19.11) O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi tomonidan Xalqaro mehnat tashkiloti va Jahon banki ishtirokida mamlakatda Munosib mehnat ...
25 mart 2024
Turkiyaning Denizli Honaz’ida yashagan 3 bolaning otasi 59 yashar pensiyadagi fermer Ramazon Oqboy (Ramazan Akbay) bundan to‘rt yil oldin xotini ...
20 noyabr 2019
Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanidagi Beshchashma qishlog‘ida IJ rusumli ov miltig‘i bilan qo‘ng‘ir ayiq otib o‘ldirildi. «Eltuz»ga yuborilgan videoda «Qizil ...
1 iyun 2021
Qashqadaryolik o‘qituvchilar viloyat hokimi topshirig‘i bilan har kuni majburiy marafonda qatnashayotganidan shikoyat qilishmoqda. Koson tumani maktablaridan birida o‘qituvchilik qiluvchi ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...