chorshanba,
18 dekabr 2024
22 oktyabr 2015
Hukumat siyosatini maqtash
Bugun ertalab taksida ishga ketayotgan mahalimda,meni qitmirligim ishga tushib hukumatni va siyosatni maqtashga tushdim. Shu mahal taksi haydovchisi menga bir qarab oldida meni gapimni ma'qullab u ham siyosatni va hukumatni maqtar,va vatanparvarlik haqida og‘iz ko‘pirtirishga tushib ketdi.
Shu mahal Aziz Nesinning ming shukur degan hikoyasi esimga tushib ketdi. O‘zbekistonda agar siz hukumatni maqtasangiz odamlar ham sizni gapingizga qo‘shilishadi, agar tanqid qilsangiz sizdan azroilni ko‘rgandek qochishadi.
Agar gapimga ishonmasangiz siz ham taksida va avtobusda jamoat joylarida hukumat siyosatini maqtab ko‘ring.
Bundan keyin ham men faqat hukumatni maqtayman.
Alimardon Sultonov
Eltuz.com