Ko‘zqarash
26 sentyabr 2015

Teskari gapirarlar mamlakatida

Nafaqat ko‘rganlar, bizga o‘xshab ko‘ra olmaganlar ham eshitib og‘zimiz ochilib qoldi.
O‘sha ko‘rsatuvda bir guruh o‘zbek bolalari .., ha-ya , iste'dodli bolalari o‘z mahoratlarini namoyish qilibdi.

Ko‘rinish mana bunday:

Ko‘rsatuvni olib borayotgan tog‘a yoki amma bolalarga bir so‘z aytadi, chaqilmagan danakdek bo‘lib o‘tirgan vunderkindlar boshlovchi og‘zidan chiqqan so‘zni darhol teskarisiga o‘girib yoqasiga yopishtiradi. Qalay, qoyilmisiz?

Ana sizga iste'dod, mana sizga dod'etsi. Bu bolalarning kelajagi yuksak!

Eh-he, bugun shu yoshida bitta-ikkita so‘zni ters o‘giradigan bo‘libdimi, ertaga she'rni teskarisiga o‘girishni o‘rganadi, keyin hikoyani…

Borib-borib katta romanlarni, uch-to‘rt tomlik kitoblarni sharillatib teskari o‘qiydigan azamatlar bo‘lib yetishadi. Kim tez teskari o‘girish bo‘yicha xalqaro musobaqalar tashkil qilinadi, milliy kurashga o‘xshab.

Qarabsiz-ki o‘zbek yoshlari jahonda yetakchi. Tasavvur qiling Afrikaning qaysidir davlatida teskari gapirish bo‘yicha jahon chempionati o‘tkazilmoqda, «Alpomish» dostonini teskari o‘qib bergan yurtdoshimiz Zo‘rbo‘lmish Kelko‘rmishop oltin medal bilan taqdirlanib uning sharafiga madhiya teskari kuylansa (Musobaqa reglamentiga ko‘ra madhiyalar teskari kuylanib, bayroqlar pastga tushiriladi). Undan keyin elektr hisoblagichni teskari aylantirish bo‘yicha yana bir yurtimiz vakili, qaysidir tuman elektr ta'minotida ishlovchi montyor Ko‘zboylar Pulpoylarop shoxsuppaga ko‘tariladi .

Ko‘rdingizmi, yurtni faqat ilm-fandagi yoki iqtisodiyotdagi yutuqlar bilan emas, teskari ishlarni qilib ham olamga tanitish mumkin.

Akmal Nabiev,
www.eltuz.com

Tag‘in o‘qing
21 mart 2019
Rossiyaning Yoqutiston respublikasida 36 yashar ayolning zo‘rlangani iddaolari ortidan markaziy osiyolik migrantlarga, jumladan o‘zbeklarga qarshi mitinglar, tahdidlar, to‘qnashuvlar avj ...
29 aprel 2019
O‘zbekistondagi «Vaqf» xayriya jamoat fondi raisi Iskandar Xalilov xizmat mashinasi sifatida minib yurgan «Malibu-2» avtomobili tarmoqlarda bahs uyg‘otdi. “Vaqf” ...
29 sentyabr 2016
«Hurriyat» gazetasi (28.09) yana axborot xuruji mavzusiga e'tibor qaratdi. Bu safar erkin kuzatuvchilar va mustaqil nashrlarning amaldagi bosh vazir ...
15 oktyabr 2015
Bundan bir qancha muddat avval Farg‘ona viloyatiga bosh vazir kelishi munosabati bilan paxta dalalarida terilgan paxta qayta chanoqlarga yopishtirib ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...