Ko‘zqarash
2 oktyabr 2015

«Bosh vazir kelarmush»

Kecha sharmandali bir voqeaning guvohi buldim. Yozyovon yo‘lidagi Shahartepa qishlog‘iga bir ish bilan bordim. Yo‘lning ikki chetini 100 dan ortiq erkaklar (!) supurishyabdi. Keyin paxtazor dala boshlangan joyda 400 dan ortiq erkagu-xotin paxta dalasida uymalashib yotishibdi.

Deyarli barchasining qo‘lida PVA kley, chanoqlarga biri kley surtyabdi, ikkinchisi tayyor paxtani chanoqqa yopishtiryabdi. Keyin boshqa daladan paxtani chanog‘i bilan terib kelishdi va g‘o‘za tupiga ip bilan bog‘lay boshlashdi. Hatto 20-30 tup qiyg‘os ochilib turgan g‘o‘za tuplarini ko‘chirib kelib dala boshiga “ekishdi” ham. “Nega?” degan savolimga «Bosh vazir kelarmush» degan javob oldim.

Viloyat hokimi Shuhrat G‘aniev bu afyorada shaxsan o‘zi bosh-qosh bo‘lib turibdi. Odamlar bunday soxtagarchiliklarga to‘liq ko‘nikib bo‘lishibdi, jiddiy tarzda paxtani shipillab kleylab tashlashyabdi.

Mirza Anvar Xamidov,
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
16 yanvar 2018
Chimkentlik to‘y egasi buyurtirgan qimmatbaho tort videosi ijtimoiy tarmoqni hayratga soldi. Uning narxi 179 ming AQSh dollariga baholangan. Dastlab ...
19 oktyabr 2020
Prezident Shavkat Mirziyoev 8 oktyabr kungi chiqishida rahbarlar uyma-uy yurib, ishsizlik muammosini hal qilishlari kerakligi haqida gapirdi. Qishloq xo‘jaligi ...
21 aprel 2023
Bugungi juma va'zini qisqa yangiliklar bilan boshlasam. Qashqadaryo viloyat 1 sonli asab ruhiy kasalliklar shifoxonasi bosh vrachi to‘rt yuz ...
29 iyun 2017
Bir bor ekan, bir yo‘q ekan. Sudya och ekan, prokuror to‘q ekan. Sudyaning alvasti kabi xotini, yiqilay deb turgan ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...