Dayjest
28 mart 2016

Oqni qora deydigan zamonlar o‘tib ketdimi?

Navro‘z mavzusini davom ettirgan «Adolat» gazetasi bu bayram eskilik sarqiti, diniy marosim sifatida taqiqlangan, hatto kommunist amaldorlar qishloqma-qishloq yurib, sumalak to‘la doshqozonlarni ag‘darib tashlagan zamonlar bo‘lganini iddao qiladi.

«Oqni qora, qorani oq deydigan zamonlar qo‘rqinchli tush kabi o‘tib ketdi. Biz endi sog‘lom aql, tafakkur, ong-shuur va yuksak ma'naviyat hukmronlik qilayotgan, erkinlik va adolat ustuvor yurtda… inson qadrlanadigan, uning huquqlari kafolatlangan… o‘lkada istiqomat qilyapmiz», deydi gazeta.

Umuman, maqolani o‘qiboq, oqni oq, qorani qora deydigan zamonlar hali o‘tganga o‘xshamaydi-ku, degan fikr kechadi xayoldan.

«Biz bugun yorug‘, farovon o‘lkada… hayot kechirmoqdamiz», degan so‘zlar kunlab chirog‘i yonmaydigan, oilasini boqish uchun xorijda oylab-yillab xo‘rlanib mehnat qilayotgan vatandoshlarimizga tuhmatdek tuyuladi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
24 mart 2017
24 mart kuni taniqli huquq himoyachisi Yelena Urlaeva Toshkent shahar ruhiy shifoxonasidan ozod etildi. U majburiy davolanishda 23 kun ...
1 sentyabr 2016
Miyasiga qon quyulgani aytilgan Islom Karimovning tug‘ilgan uyidan 100 metr naridagi Chorraxa masjidi bo‘ladigan muhim tadbir – dafn marosimi ...
2 mart 2017
Avvaliga O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi saytida bosilgan quyidagi maqola juda dolzarb bo‘lgani sababli mamlakatdagi bir necha norasmiy internet gazetalarda, ...
28 aprel 2017
Toshkent propiskasiga kirish uchun rasmiy ro‘yhatdagi hujjatlarni yig‘ishga vaqtincha poytaxtda bo‘lish muddati ham yetmasligi haqidagi maqolani chop etgan Kun.uz ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...