Nemis matbuoti Shtaynmayerning O‘zbekistonga safari haqida
Uning ilk bekati, O‘zbekiston poytaxti Toshkentda mamlakat prezidenti Islom Karimov bilan uchrashdi.
Shtaynmayerning Toshkentga tashrifi bir qancha nemis OAV jumladan ZEIT Online, Deutsche Welle, Neue Presse Passauer, Augsburger Allgemeine va N24larda yoritildi.
Barcha maqolalarda, Shtaynmayer prezident Karimovni «inson huquqlarini yaxshilash»ga chaqirishi kerakligi aytildi. Nemis matbuoti, 78-yoshli prezident Karimov hokimiyat tepasida 1992 yildan buyon turgani va mamlakatda fundamental inson huquqlari jiddiy buzilayotgani bois halqaro hamjamiyatning tanqidlariga uchrayotgani yozdi.
Deutsche Welle Xyuman Rayts Votch va Amnesty International hisobotlariga tayanib O‘zbekistonning inson huquqlari sohasidagi ahvolini batafsil tahlil qildi. Huquq buzilishlariga misol tariqasida, hisobotlarda o‘zbek turmalarida qiynoqlar, muxolif siyosiy guruhlarga qatag‘onlar keng qo‘llanilayotgani, shuningdek har yili paxta mavsumida majburiy mehnatdan foydalanilishi aytilgan.
Deutsche Welle shuningdek rejadagidan ikki barobar uzoq cho‘zilishiga qaramay, uchrashuv oxirida matbuot anjumani o‘tkazilmagan Shtaynmayer va Karimov muzokaralarida shaffoflikning yo‘qligini tanqid ostiga oldi. Deutsche Wellega ko‘ra, Germaniya prezidenti Gaukdan farqli, Germani TIV tanqidni kontrproduktiv hisoblab, ochiq tanqidlardan qochib keladi.
Nemis matbuotidagi boshqa bir urg‘u islomiy terrorizmga qarshi kurashga qaratilgan. Ayni mavzu Shteynmayerning Markaziy Osiyoning musulmon mamlakatlariga safarining asosiy mavzusidir.
Islomiy davlat (IS) Markaziy Osiyodan jangarilar yollamoqda. Islomiy terrorchilikka qarshi hamkorlikdagi kurash, tashqi ishlar vaziri Shtaynmayerning mintaqani «strategik muhim» deb bilishining asosiy sababidir. Shunga qaramay, nemis OAV, jumladan ZEIT Online, Passauer Neue Presse va Lübecker Nachrichten, huquq himoyachilari prezident Karimovni islomchilarga qarshi kurashdan o‘zbek aholisiga qatag‘onlarni oqlash uchun foydalanayotgani haqidagi tanqidlarini qayd etishdi.
Shunday qilib, huquq himoyachilari, O‘zbekiston huqumati, qisman bo‘lsada, o‘z fuqarolarining radikallashuviga sababchi ekanini aytmoqda, deya yozdi Deutsche Welle 2016 yil 30 mart kuni.
Nemis OAV shuningdek, Shtaynmayerning mintaqaning «ulkan iqtisodiy imkoniyatlari va barqarorlikka havfning yuqoriligi» haqidagi gaplarini keltirdi. Shuningdek, Rossiya, Xitoy va Eron o‘rtasidagi O‘zbekistonning geostrategik pozitsiyasi, mintaqada nemis o‘zaro hamkorligining muhimligini anglatadi.
Eltuz.com