Kundalik
1 aprel 2016

Shveytsariyadagi soatga Samarqand shakli zarb qilindi

Shveytsariyaning dunyoga mashhur «Piaget» qo‘l soatlari ishlab chiqaruvchi kompaniyasi, Samarqand viloyatida joylashgan Temuriylar tarixiga oid bo‘lgan, «Registon» maydonining tasviri tushirilgan qo‘l soatlarini ishlab chiqarishni boshladi.

Bu haqida xabar tarqatgan «Vogue»ga ko‘ra¸ qo‘l soatlariga «Registon»ning tasvirini tushirish, «qo‘l soatlari» bo‘yicha mutaxassis Anite Porshe tomonidan asos solingan.

Mutaxassis avvalo Samarqandni ziyorat qilib «Registon» maydoni bilan yaqindan tanishib chiqqan.

Ana shundan keyin qo‘l soatlariga aynan «Registon» maydoni tasvirini zarb qilish g‘oyasini amalga oshirgan.

Shveytsariyaning dunyoga mashhur qo‘l soatlari ishlab chiqaruvchi «Piaget» shirkati 1874 yilda tashkil qilingan bo‘lib, 1957 yildan boshlab qimmatbaho va nodir metallar asosida soatlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yib boy haridorlar segmentiga yo‘l topdi.

Taniqli prodyuser va didjey Mark Ronson¸ pop-qo‘shiqchilar Miki va Rianna «Piaget» soatlarini taqishadi.

Samarqand aks etgan soatlarga BAA da yashaydigan o‘zbek tadbirkori G‘afur Rahimovdan buyurtma tushgani haqida Eltuz.com muxbirida ma'lumot bor.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
1 oktyabr 2018
Muhammad Bekjon o‘z kitobining navbatdagi qismida Koson zonasidagi 159-larning alohida jazolanishi, «g‘oz yurish» va uni 15 sutka izolyatorga hukm ...
9 may 2017
9 may kuni Shomahmudovlar haykali qayta ochildi. Toshkentlik taxlilchi Anvar Nazir fikriga ko‘ra, bu haykal sovet davrini qo‘msagan o‘zbekistonliklar ...
17 dekabr 2020
Sirdaryo viloyatining Xovos tumani Qahramon qishlog‘ida yashovchi E.J. dekabr oyining o‘zida ikki marta joniga qasd qilgan. Avvalroq u o‘z nabirasini zo‘rlaganiga oid video ...
9 yanvar 2023
Rassom Tuz: Aziz og‘a ini, opa singil qadrdonlarim. Mana xafta aylanib siz bilan birgaman.Matchon Suqilish: Nichiksizlar mo‘chchi oybika ham ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...