Dayjest
3 aprel 2016

Kelin sotadigan maklerlar

Birinchisi, bugungi kunda Toshkentda kelin topib berishga ixtisoslashgan maklerlar paydo bo‘lgan. Ularning xizmati o‘n ming so‘mdan ming dollargacha baholanadi.

«Ularda ikki-uch xil ro‘yxat bo‘larkan, oliy va o‘rta ma'lumotlilar alohida, qulog‘i tishlanganlaru bozori qaytganlar alohida tanishtirilarkan», deydi gazeta.

Ikkinchi yangilik, bugun Toshkent islom universiteti qoshidagi litsey oldida kelin topish ilinjida bo‘lgan sovchilar (ovchilar)ning katta guruhi yig‘iladi. Ular litseydan chiqayotgan qizlarni kuzatib, o‘zlariga ma'qul bo‘lganlarni mo‘ljalga oladi va kelin qilish ilinjida yelib-yuguradi.

Uchinchi yangilik shuki, litseyga kirishdan oldin o‘qish uchun hujjat topshirayotgan o‘quvchilarning ota-onalaridan o‘qish tugamaguncha qizim yoki o‘g‘limning turmush qurishiga yo‘l qo‘ymayman, degan mazmunda ariza yozdirib olinadi.

Eng qizig‘i, O‘zbekistonda qizlar 17 yoshdan turmush qurishi mumkin. Shunga qaramay, yuqoridagi tilxatga asoslanib, 17 yoshdan turmush qurgani uchun litsey o‘quvchilaridan ikki nafari kollejga o‘tkazib yuborilgan.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
30 noyabr 2016
26 minut davom etgan BBS o‘zbek xizmati muxbiri Ibrat Cafo bilan suhbati chog‘ida kichik Islom Karimov shuningdek onasi Gulnora ...
25 dekabr 2019
Elektr energiyasi tanqisligi muammosi O‘zbekistonda 2019 yilda ham dolzarbligicha qoldi. Rassom Dumham Eltuz.com
3 may 2016
O‘zbekiston matbuoti, TV va radiosini kuzatar ekansiz, mamlakatni terrorizmga qarshi kurashish, yot g‘oyalardan saqlanish vasvasasi chulg‘ab olgandek taassurot uyg‘onadi. ...
18 aprel 2017
Oxirgi yillarda aksariyat o‘zbekistonlik yurtdoshlarimiz orasida Putin, Ramzan Qodirov va Erdo‘g‘on kabi avtoritar liderlarga hayrixohlik ortib borayotgani kishining diqqatini ...
Bloglar
19 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...