Partiyalar «Qiyomatga qolgan qarz»ni uzishga safarbar etildi
O‘zbekiston telekanallari orqali bir necha marta namoyish etilgan, «o‘z yo‘lidan adashganlar, diniy ekstremistlar, Vatan xoinlari»ga bag‘ishlangan «Qiyomatga qolgan qarz» hujjatli filmi mazmun-mohiyatini xalqimizga to‘liq yetkazish ishlariga siyosiy partiyalar ham safarbar etildi.
«Milliy tiklanish» gazetasining yozishicha, shu nomdagi siyosiy partiya mazkur filmni namoyish etish ko‘zlangan davra suhbatlarini tashkil etmoqda.
Bu davra suhbatlarida «ma'naviy immunitetni oshirish, yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘usini yuksaltirish, prezidentimiz ta'biri bilan aytganda, fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurashish» mavzulari ko‘tarilmoqda.
Eng asosiysi, partiya «yoshlarni buzg‘unchi g‘oyalardan asrash»ni targ‘ib qilyapti. Albatta, «buzg‘unchi g‘oya» deganda hukmron tuzumning mafkurasiga qarshi erkin fikrlar, amaldagi hukumatning kirdikorlarni fosh qiluvchi ma'lumotlar ham nazarda tutilayotgani sir emas.
Eltuz.com