Kundalik
1 dekabr 2015

«Barmoq izlarimizni g‘ishtlardan izlang…»

Akmal Nabiev
Yeltuz.com
Yaqinda men ishlaydigan qurilishga politsiya xodimlari kelib, hujjatlarimiz joyida bo‘lishiga qaramay barcha ishchilarni politsiya bo‘limiga olib ketdi, tekshirish maqsadida. Ko‘pga kelgan to‘y, kutib o‘tirdik tekshiruv tezroq bo‘lishini.

Birinchi bo‘lib kirib chiqqanlarning aytishlaricha barmoq izlari olinayotganmish va turli xil ko‘rinishda rasmga tushirib olishayotganmish. Besh-oltita ishchini tekshirishguncha tushlik vaqti bo‘lib ketdi. Hamma hayron tekshiruv nega bunchalik cho‘zilayotganiga.

«Tekshirgichlaringni ko‘paytirib qo‘y axir» deb yuborganlar ham bo‘ldi. Keyinroq ma'lum bo‘lishicha qurilishda ishlayverganimiz sabab qo‘llarimiz dag‘allashib barmoq izlari chiqmayotgan ekan. Tushlikdan keyin tekshirgichlar ham taqdirga tan berdi shekilli, barmoq izlarini olmay faqat rasmga tushirish bilan cheklanishdi.

O‘sha yerida biz ham Amur Temur aytgan va yurtimizning ko‘p joylariga katta qilib yozib qo‘yilgan mashhur iborani politsiyachilarga qarata aytib qo‘ydik: Bizning qudratimizga shubhangiz bo‘lsa biz qurgan imoratlarga qarang. Mabodo barmoq izlarimiz kerak bo‘lsa biz terayotgan g‘ishtlardan izlang.

Tag‘in o‘qing
22 yanvar 2019
Aftidan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyasini rivojlantirish vazirligidagilarning yumor hissi kuchli. Internetdan to‘sib qo‘yilgan, ilgari VPNsiz kirib bo‘lmaydigan saytlarning ishlab ...
21 iyun 2019
Oliy Majlis Senatining 21 iyun kuni bo‘lib o‘tgan 20-yalpi majlisi vaqtida chiqish qilgan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev sobiq bosh ...
22 sentyabr 2023
RT: Aziz do‘stim. Ko‘zlari intizor singlim. Mehribon opajonlarim. Duogo‘y onaxonlar. Yuzidan farishta yoqqan otaxonlar, akalar, ukalar mana rassom akangiz va'z ...
18 iyun 2021
«Eltuz» jurnalist Shohida To‘laganovaning Sardoba to‘g‘oni o‘pirilishi bilan bog‘liq surishtiruv filmini taqdim etadi
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...