Kundalik
4 dekabr 2015

Xalqaro mehnat tashkilotining paxta ishi

(XMT) Xalqaro mehnat tashkiloti paxta yig‘im terimida bolalar va majburiy mehnatdan foydalanishga oid monitoring natijalarini e'lon qildi. XMT ekspertlari: «2015 yilgi paxta terimi mavsumida bolalar mehnatidan yoki majburiy mehnatdan foydalanilganiga dalillar topishmagan».

Shu bilan birga, hisobotda ta'kidlandiki, “paxta terimiga kattalarni jalb qilish bilan bog‘liq majburiy mehnatdan foydalanilgani ehtimoliy havfi katta”.

Bu natijalar ushbu tadqiqotlarni o‘tkazgan va bunday xulosa chiqarganlarning o‘z ishini to‘g‘ri va halol uddalaganligini savol ostiga qo‘yadi.

Nima uchun O‘zbekiston hukumati XMT vakillarini paxta dalalariga qo‘yishga rozi bo‘ldi?

Shu yilning boshida, Jahon banki O‘zbekistonga qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, modernizatsiya va diversifikatsiya qilishga yo‘naltirilgan loyihalar uchun $ 500 million so‘mlik kredit berilishini tasdiqladi.

Inson huquqlari tashkilotlari, ayniqsa 30 dan ortiq xalqaro tashkilotlar, kasaba uyushmalari keladi va biznes tashkilotlarini birlashtirgan «paxta kampaniyasi» koalitsiyasi bilan birga, Jahon banki loyihalarini amalga oshirishda majburiy mehnatdan foydalanishga ruxsat bermaslik talabi bilan chiqishdi.

Inson huquqlari faollari bosimi ostida Bank O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida majburiy mehnatdan foydalanishni tadqiq qilish maqsadida mustaqil audit tashkilotini taklif qilishga rozi bo‘ldi.

Lekin Jahon Banki aslida mustaqil uchinchi tomonni auditga taklif qilish o‘rniga Birlashgan Millatlar Tashkilotining organi sifatida, faqat hukumat bilan birgalikda ishlashi mumkin bo‘lgan Xalqaro Mehnat tashkiloti bilan shartnoma imzoladi.

Shunday qilib, O‘zbekiston hukumati va XMT qo‘shma monitoring o‘tkazish kabi «ishqiy» bitimga rozi bo‘lishdi. Bu o‘rinda „qo‘shma“ degan so‘z ushbu tadbirning qanchalik mustaqilligini belgilashda hal qiluvchi ahamiyatga egadir.

O‘zbekiston XMT ekspertlariga 2015 yilda paxta terimida dalalarga chiqib, turli muassasalarga borib, odamlar orasida so‘rovlar o‘tkazishga ruhsat berdi.

Buni agar tushunchalar o‘rni albashib qolmaganida, balki ijobiy o‘zgarish o‘rnida qabul qilish ham mumkin edi.

O‘zbekistonda majburiy mehnat mahalliy rasmiylar tomonidan Bosh vazir Mirziyoevning buyrug‘iga ko‘ra tashkil qilingan, shundan kelib chiqib ikkinchi tekshiruvchi tomon hukumatning o‘zi bo‘larkan, bunday tekshiruvlarni hecham mustaqil deya atab bo‘lmaydi.

Amalda, bu XMT ekspertlarining hukumat vakillari ishtirokisiz konfidentsial tarzda paxta tekrimchilaridan intervyu olishga haqsiz bo‘lishganini anglatadi. Har bir guruh XMTning bitta eksperti va uch to‘rtta mahalliy mulozimlardan tarkib topgan.

Hisobotga ko‘ra, monitoring davomida 10 ming intervyu amalga oshirilgan. Biroq, rasmiylar ishtirokida olingan bu intervyularning narxi judayam pastdir, chunki bu – O‘zbekiston. Bu boshliqlar oldida qo‘rquv darajasi mutlaq bo‘lgan mamlakatdir.

Ishini yo‘qotishdan qo‘rqib, paxta terimiga chiqqan muallim yoki xamshiraning, rasmiylar huzurida tag‘in ayni qo‘rquv vajidan bu haqda gapirishi amri maholdir.

XMT yoki Jahon bankiga bunday monitor nima uchun kerak bo‘ldi?

Mening nazarimda XMT va Jahon banki tomonidan O‘zbekistonda majburiy mehnatdan muntazam foydalanilayotganini e'tirof etmaslik istagi, nimaiki bo‘lmasin O‘zbekistonda qolishni istayotganlari bilan bog‘liq.

Agar XMT, O‘zbekiston hukumati majburiy mehnatni tamsil qilayotgani to‘g‘risidagi haqiqatlarni aytsa, Jahon banki esa loyihalarini to‘xtatishga qaror bersa, shu bilan ushbu tashkilotlarning mamlakatni tark etishlariga to‘g‘ri keladi. Shunday qilib, XMT va Jahon banki, O‘zbekiston qarshisida ayyorlik bilan “yaxshi politsiyachi” rolini o‘ynab, yumshoq usullar bilan, ya'ni madaniy yo‘l tutishga undash bilan vaziyatni o‘nglashga intilmoqda.

«O‘zbekistonda munosib ish o‘rinlari» deb atalmish dasturni amalga oshirish uchun XMT 10 million dollar oldi va aftidan tashkilotga o‘z dasturini yopilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan muammolardan hech bir naf yo‘q.

Taxminan ayni sharoitda O‘zbekistondagi boshqa BMT agentliklari, UNICEF, UNDP faoliyat yurgizib kelmoqda. Ushbu tashkilotlar amalga oshirayotgan loyixalar, ehtimol mamlakat uchun foydalidir, biroq biz yuqorida ta'kidlaganimizdek “mustaqillik” atamasi o‘rni almashgani holatiga duch kelamiz.

Bu ularning tashvishi emas

Bu yil O‘zbekistondagi paxta yig‘im-terimiga safarbarlik alohida bir o‘taketgan surbetlik bilan amalga oshirilganiga ko‘ra ajralib turadi.

Hukumat murakkab vazifani uddalashi lozim bo‘ldi: Xalqaro Mehnat tashkiloti bilan majburiy mehnatdan foydalanish bo‘yicha qo‘shma «monitoring»ni amalga oshirish bilan bir vaqtning o‘zida, millionlab odamlarni paxta terishga majburiy safarbar qilish. Ya'ni avval odamlarni dalaga haydab, keyin o‘zini o‘zi tekshirish kabi.

Bu ikkiyuzlama siyosatda muvaffaqiyat garovi, qo‘rquvda, odamlarning jim bo‘lishga majburlashda edi. XMT ekspertlarini kiritish, kiritmaslik masalasini hal qilganlarning, men o‘ylayman, odamlar tanqid qilishga jur'at eta olishmaydi deb o‘ylashgan, va tan olish kerak, ular xato qilishmagan.

Majburiy safarbarlik, Vatanga paxta hosilini yig‘ib terib olishda yordam berishga qaratilgan, kuchaytirilgan tashviqot ostida amalga oshirildi. Kamolot Yoshlar harakati (Komsomol deb o‘qing), „Nuroniy“, Maxalla jamg‘armalari, Xotin qizlar qo‘mitasi, odamlarni terimga da'vat qiluvchi chaqiriqlar chiqarishdi. Bu chaqiriqlardagi pafos shu qadar yuksak ediki, bunga tayyor bo‘lmagan odamning hayoliga, mamlakatning butun kelajagi paxta hosiliga bog‘liq deya o‘ylashi tayin edi.

Bu narsa ommaviy tartibda talabalar va davlat muassasalari xizmatchilaridan yozdirib olinadigan paxta terimiga o‘z ixtiyori bilan chiqishiga oid tilxatlariga ham taalluqlidir. Bu tilxatlar mutlaqo XMT ekspertlari uchun, ko‘ngilli paxta terimining rad qilib bo‘lmas dalili sifatida o‘ylab topilgan edi.

Shu bilan bir vaqtda, rasmiylar majburiy mehnatni taqiqlash to‘g‘risidagi bannerlar osib va hatto u yerda ishonch telefonlariga qo‘ng‘iroq qilib, shikoyat qilish mumkinligiga ham ishora qilishdi.

Shubhasiz, dono o‘zbek xalqi, telefon raqamlari va bannerlarning o‘zlari uchun emas, boshqa birovlar uchun qo‘yilganini yaxshi bilishadi. Maktablardan birining o‘qituvchisi “bu huddi shizofreniyaga o‘xshaydi. Shikoyat qilishdan naf bormi, agar hokimning o‘zi, mahalliy prokuratura va militsiya yordamida majburlayotgan bo‘lsa” degan edi. Shunday qilib, kimgadir shikoyat qilish kabi sarob imkoniyat, xalqaro tashkilotlardan kelgan tentaklar uchun bir uydirma bo‘lib qoldi.

Mantiqan olganda esa bu O‘zbekiston uchun oddiy holat – gap boshqa, amalda esa buning mutlaqo teskarisi. Xalq sovet zamonlaridan buyon bu ikki yuzlamachilik, hukumatning ikki xil o‘yinlariga ko‘nikkan. Faqat XMT kuzatuvchilari buni ko‘ra olishmadi, bu bilan o‘z malakasizliklarini ko‘rsatishdi.

O‘zbekistondagi qo‘rquv asosiga qurilgan qabohatli paxta ishlab chiqarish tizimida tovlamachilik, majburlash alomatlari hamon saqlanmoqda. Bu tuzumni xalqaro tashkilotlar talab qilgani uchun emas, jamiyatni chiritayotgan va uning kelajagini yo‘q qilayotgan, har yil davom etayotgan qullikdan insonlarni ozod etish uchun, shu bilan birga hukumatni xalqaro tashkilotlarni va o‘z o‘zini aldash zaruratidan ham ozod etish uchun lozimdir.

Umida Niyazova,
Inson haqlari bo‘yicha O‘zbek-German Forumi (UGF) raxbari
UGF har yili mahalliy faollar bilan birgalikda majburiy mehnat yuzasidan mustaqil monitoring o‘tkazib keladi.

Tag‘in o‘qing
20 oktyabr 2015
Paxta qo‘yguncha paxta ter. Beva xotinning tushiga er kirar, Xasharchining tushiga — paxta. Xasharchining go‘shti harom, Mehnati — halol. ...
9 iyun 2020
IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi rasmiy sayti 8 iyun kuni “Sho‘rdanak” ko‘rsatuvi mualliflarining DAN xodimlaridan kechirim so‘ragani aks ...
15 may 2018
Mirziyoevning AQShga safari arafasida qamoqdan ozod etilgan o‘zbek faoli Fahriddin Tillaev, xalqaro tashkilot vakillari bilan uchrashuvda erkinliklar va muxolifatga ...
1 dekabr 2020
«Oshin» – 1983 yilda Yaponiyada suratga olingan ko‘p qismli film. Bosh rollarda Nobuko Otova, Yuko Tanaka, Ayako Kobayasi va ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...