Kundalik
15 aprel 2016

Furqat Jo‘raev Jasliq qamoqxonasiga jo‘natildi…

“Konstitutsion tuzumga tajovuz”, “Qo‘poruvchilik”, “Ta'qiqlangan tashkilotlar tuzish va ularga a'zolik” kabi bir biridan vaximali moddalar bilan ayblangan “Aramais va uning sheriklari” jinoiy ishining ishtirokchisi Furqat Jo‘raev 9 aprel kuni Qoraqolpag‘istondagi “Jasliq” qamoqxonasiga jo‘natib yuborilgani xaqida xabar keldi.

rasm1170
Furqat Jo‘raev

“Kecha qizim Sevaraxon Toshkentdagi GUINga borib, Furqatjonni qaerga etap qilinganini so‘ragan ekan. Unga “Furqat Jo‘raev 9 aprel kuni Jasliq degan joyga jo‘natilgan” deb javob berishibdi. Bolamni elektr toklari bilan qiynashib, undan jinoyatchi chiqarishdi va eng uzoq va eng yomon zonaga jo‘natishdi.” dedi eltuz.com bilan suxbatda Maxtuma Jo‘raeva – Furqatning onasi.

Bundan 2 kun muqaddam esa, ushbu soxta jinoiy ishning ishtirokchisi fermer Aramais Avakyan jazo muddatini o‘tash uchun Qarshi shaxridagi 64/61 qamoqxonasiga etap qilingani xaqida xabar kelgandi.

35 yoshli Furqat Jo‘raev, o‘tgan yilning 3 sentyabr kuni Paxtakor shaxridagi bozor oldidan niqobli kimsalar tomonidan o‘g‘irlab ketilgan va 40 kun davomida yaqinlariga xabar berilmagan xolda viloyat Milliy Xavfsizligi xizmati idorasining xibsxonasida saqlangan edi.

Furqat o‘g‘irlab ketilgan kunning ertasiga, 4 sentyabr kuni ko‘chadan yo‘qolib qolgan 4 nafar yigit – Aramais Avakyan, Bektemir Umrzoqov, Akmal Matmurodov va Dilshod Alimovlar xam aynan shu idoraning xibsxonasiga keltiriladi. Bu yigitlarning yaqinlari va oilalariga xam ularning xibsga olingani xaqidagi xabar oradan 40 kun o‘tgach bildirilgan edi.

Jizzaxning bir tumanida bir birini tanib, turmush tashvishlari va qiyinchiliklarini birgalikda yengib yurgan beshovlon shu tariqa xibsga olingandi.

Tergov jarayonida ular qattiq jismoniy va ruxiy qiynoqlarga solingani xaqida, saytimizning viloyatdagi manbaalari va Aramais Avakyan xamda Dilshod Alimovning ilk advokati Laylo Abdullaeva, keyinchalik esa advokat Olim Qobilovlar xabar berishgandi.

Bundan tashqari, yigitlarning o‘zlari xam 19 fevral kungi maxkamada xukm o‘qilishi oldidan so‘z olishib, MXX tergovchilari tomonidan o‘ta shafqatsiz qiynoqlarga solingani xaqida gapirishib, kaltaklardan momataloq bo‘lgan badanlarini sudyaga va yig‘ilganlarga ko‘rsatishgandi.

Shunga qaramay, sudya A. Mamaraximov Furqat Jo‘raevga 12 yil, Aramais Avakyanga 7 yil, Bektemir Umrzoqovga 6 yil, Dilshod Alimov va Akmal Mamatmurodovga 5 yildan qamoq jazosi tayinlagan edi.

Mazkur ishning o‘ta shafqatsiz qiynoqlar bilan o‘tgan tergov jarayoni va adolatsiz maxkamasi, Amerika va Yevropadagi yetakchi Inson Xaqlari tashkilotlari va bir qator siyosatchilarning, shuningdek dunyo armanlari xalqaro tashkilotlarining diqqatiga tushdi.

Ularning sa'yi xarakati bilan dunyo jamoatchiligi O‘zbekistondagi Inson xuquqlari juda abgor axvolda ekanini bildi. O‘zbekiston tergovchilari istagan odamni qiynoqlar yordamida o‘zlari xoxlagan modda bo‘yicha ayblay olishlari yana bir marta ma'lum bo‘ldi.

Armani millatli fermerning katta foyda ketirishi aniq bo‘lib turgan baliq xo‘jaligini tortib olish maqsadida Paxtakor tumani xokimi G‘ofur Qarshiboev boshlagan xiylai-nayrang, o‘z kunini arang ko‘rib yurgan besh xonadonning besh nafar o‘g‘lonini turli muddatlarga zindonga otdi.

“Qo‘limiz kalta, kambag‘almiz. Furqat 35 yoshga kirdi, uylay olmadik, mana, Jasliqqa ketdi. Bir kun keladi, tirik bo‘lsa chiqib keladi… Lekin men xar daqiqa va xar soniyada, bag‘ri qon bo‘lgan bir ona sifatida, o‘g‘limni boshiga shu kunlarni solgan xokim G‘ofur Qarshiboevni, tergvchilarni va sudyani tinmasdan qarg‘ayapman. O‘g‘lim sog‘ va omon xolda ostonamda ko‘rinmaguncha, mening qarg‘ishlarim xokimning va boshqalarning boshiga yog‘ilaveradi! Adolat qilmasang, sendan xam rozimasman, ey xudo! Rozimasman!” deya dod soladi telefonda, Jasliqqa jo‘natilgan Furqatning onasi Maxtuma Jo‘raeva…….

Ulug‘bek Ashur
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
13 aprel 2017
O‘zbekistonda davlat tiliga katta e'tibor haqida ko‘p gapirilayotganiga qaramay, mamlakatda o‘zbek tilini mustaqil o‘rganish bo‘yicha qo‘llanmani topish anqoning urug‘idek ...
21 noyabr 2022
Salom qadrli muxlislari. Bugun 21 noyabr. E'tiboringizga Eltuz «600 sekund»ning navbatdagi sonini taqdim etadi.+++Kattaqo‘rg‘onda itni temir bilan urib o‘ldirgan ...
3 mart 2020
Yig‘ilishda Qashqadaryoning Mirishkor tumani hokimi Baxtiyor Rajabovning o‘z qo‘l ostidagilarni va yig‘ilish ishtirokchilarini uyat so‘zlar bilan haqorat qilgani va ...
21 iyun 2017
Turkiya prezidentining tansoqchilari boshqarmasida ishlaydigan 24 yashar Ramazon O‘zchelik (Ramazan Özçelik)ning boshidan o‘q uzilgan jasadi O‘zbekiston vatandoshi Farida Bayramovaning ...
Bloglar
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...
10 oktyabr 2024
Yuksalish maktabining gender ayirmachilikka asoslangan boshqaruvi haqidagi maqolaga o‘quvchilar ikki xil munosabat bildirdi. Bir suruv ...