Dayjest
19 aprel 2016

Diqqat, yangi tahdid – «vatansizlik»!

«Ma'naviyat sohasidagi eng jiddiy xavfli tahdid vatansizlik g‘oyasidir. Mafkuraviy kurash arsenalida vatansizlik eng xavfli qurollardan biri hisoblanadi», deb yozdi gazeta.

Shuningdek, gazetada vatansizlik g‘oyasiga izoh ham berilgan. Uning bildirishicha, «bu g‘oyaning xatarli tomoni shundaki, u beozorgina ko‘rinsa-da, shaxsning o‘z tug‘ilgan yurtiga, xalqiga, davlatiga bo‘lgan mehrini, sadoqatini yemiradi».

Gazeta «G‘arbning olomoncha madaniyati» masalasiga ham to‘xtalib, bir jinsli nikoh haqida munozara qiladi.

«Hozirgi kunda Yevropaning 14 davlatida bir jinsli nikohdan o‘tishdek inson zoti uchun sharmandali holat qonun bilan mustahkamlanib qo‘yildi», deyiladi nashrda.

«Bu o‘lkalarda odamzod yaratgan ming yillik axloqiy qadriyatlar barbod bo‘layotgan, axloqsizlik ko‘rinishidagi ma'naviy xatar avj olayotgan shunday qaltis vaziyatda «bular bizni chetlab o‘tadi» deb xotirjam yashash mumkinmi? Yo‘q. Aslo mumkin emas», deya xulosa qiladi gazeta.

Etuz.com

Tag‘in o‘qing
19 aprel 2022
O‘zbekistonlik huquq faoli  69 yashar A'zam Turg‘unovning uyiga 19 aprel kuni ertalab 9.00 lar atrofida tintuv o‘tkazish qarori bilan to‘rt ...
15 avgust 2017
Yodgor Obid – 1940 yilda Toshkent tumani Ko‘kterak mavzeyida tug‘ilgan. Moskvadagi Oliy adabiyot Institutida tahsil olgan. «Oqqush ertagi» nomli ...
12 avgust 2019
“Eltuz” orqali prezident Shavkat Mirziyoevga ochiq murojaat bilan chiqqan “bir guruh ishsiz qilgan va ishlayotgan prokuratura xodimlari” hozir ham ...
16 avgust 2019
Bundan bir qancha vaqt muqaddam internetda e'lon qilingan “Pufak” sarlavhali maqolasi ortidan taniqli yozuvchi, Karimov davrining nufuzli mulozimlaridan biri ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...