Kundalik
12 yanvar 2016

Tursinova: “Tergovda erimning oyoqlarini sindirishgan”

Ulug‘bek Ashur
Eltuz.com

11 yanvar kuni Jizzax viloyat jinoiy sudida bo‘lib o‘tgan maxkamada sudlanuvchi Aramais Avakyan tergovda o‘ziga nisbatan qiynoqlar qo‘llangani va qo‘yilayotgan ayblovlarni bo‘yniga olmasligini bildirdi.

Jizzaxning Paxtakor tumanida baliq yetishtiruvchi xo‘jalik ochgan Aramais Avakyan va uning 4 nafar sherigi ustidan boshlangan sud majlisi 11 yanvar kuni davom etdi.

Sud ishtirokchilari jarayonni maxalliy TV tasvirga olayotganini, shuningdek sudgacha ayblov hulosasi na sudlanuvchilarga va na ularning yaqinlariga berilmaganini aytishmoqda.

Sud raisi Asqar Mamaraximov uni o‘qirkan, Aramaysning rafiqasi Shirin Tursinova xushini yo‘qotayozganini aytadi.

“Aramais va uning sheriklari maxalliy xokimiyatni bosib olishni va u yerdagi raxbarlarni, militsiya xodimlarini o‘ldirishni rejalaganmish… Yetti uxlab tushimizga kirmagan ayblovlar!” — deydi u.

Sudlanuvchilarga diniy ekstremizm va konstitutsiyaviy tuzumga tajovuz kabi ayblovlar qo‘yilmoqda. Tergov xulosasiga ko‘ra, Aramaisning uyidan diniy adabiyotlar va ta'qiqlangan film disklari topilgan.

“Taqiqlangan deyilayotgani, asli davlat nashriyotida bosilgan “Men namozni o‘rganaman” va “Islom aqidasi” kitoblari. Ularni, kezi kelsa o‘qiyman deb o‘zim sotib olganman. Film disklariga kelsak, tintuv paytida biznikidan faqat multiklar yozilgan disklar chiqqan xolos. ”, — deydi Tursinova.

Biroq, prokuror Shavkat Turdibekov, ayblov xulosasini o‘qirkan, Aramaisning uyidan, O‘zbekistonda namoishi ta'qiqlangan Turkiya kinoustalari yaratgan “Qashqirlar vodiysi” seriali disklari chiqqanini aytgan.

Shirin Tursinova shu zaxoti bunga karshilik bildirib, uylarida umuman bu film bo‘lmagani, disklarni tergovchilar ishga tirkab qo‘yganini sudyaga aytadi.

Tushuntirish chog‘ida asabiylashib, ovozini ko‘targani uchun, uni “Sudyaga xurmatsizlik qildi” deb, zaldan tashqariga chiqarib yuborishgan.

Sud zalida bo‘lgan boshqa ishtirokchilar, Aramais va Dilshodlar ayblovni tan olishmagani, ularga tergov davomida qiynoqlar qo‘llangani, jumladan Aramayisning ikki oyog‘i sindirilganini aytishmoqda.

“Dilshod xam, Aramais va boshqa yigitlar ham ezilib ketishgan, bir burda bo‘lib qolishgan”, — deydi sudlanuvchi Furqat Jo‘raevning qarindoshlaridan biri.

Sudlanuvchi Aramaisning advokati Olim Qobilov sudda o‘z himoyasidagilardan, ularga qiynoqlar va boshqa bosimlar qo‘llanilgani haqida yozib berishlarini so‘ragan.

Sudlanuvchilardan faqat Furqat Jo‘raev o‘z aybiga to‘liq iqrorligini bildirgan. Bektemir Umurzoqov va Akmal Matmurodovlar esa, faqat o‘g‘irlik fakti bo‘yicha ayblovni tan olishib, ekstremizm va konstitutsiyaviy tuzumga tajovuz xaqidagi ayblovni butunlay inkor qilishgan.

Sud 13 yanvargacha tanafus e'lon qildi.

Tag‘in o‘qing
18 avgust 2024
Eltuz Portaliga kelgan navbatdagi beshta hatni o‘qiymiz. Dastlabki maktubni oyliklari va qayta hisob pullarini to‘lig‘icha olishmaganini iddao qilayotgan “Pablik ...
16 may 2020
Aziz asrimizning aziz onlari aziz odamlardan so‘raydi qadrin. Fursat g‘animatdir shox satrlarla bezamoq paytidir umr daftarin. Mana, hafta aylanib, ...
8 fevral 2018
Prezident Mirziyoev chet ellik sayyohlarga mamlakat hududida fotosurat olishga ruxsat beruvchi qaror chiqardi. 6 fevral kuni imzolangan bu qarorga ...
20 iyun 2019
Prezident matbuot xizmati 20 iyun kuni bosh prokuror Otabek Murodovning ishdan olingani, uning o‘rniga ilgari Senat raisi bo‘lgan Nig‘matulla ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...