Catira
8 fevral 2018

O‘zbekistonda faqat ruxsat etilgan joylarni suratga olish mumkin

Prezident Mirziyoev chet ellik sayyohlarga mamlakat hududida fotosurat olishga ruxsat beruvchi qaror chiqardi.

6 fevral kuni imzolangan bu qarorga ko‘ra, sayyohlarga maxsus ro‘yxat bilan cheklangan ob'ektlardan tashqari joylarni suratga olish ruxsat etiladi.

Qarorda suratga olish taqiqlangan yoki maxsus ruxsat olinishi kerak bo‘lgan ob'ektlar ro‘yxati alohida ilova qilinishi aytiladi.

Kelasi oydan O‘zbekistonga xizmat safarini rejalagan yevropalik bir sayyoh «Eltuz» nashriga bu yuzadan jiddiy xavotirini bildirdi.

Gap shundaki, elchixona xodimi unga boradigan joylari soatma-soat aniq belgilangan yo‘l xaritasi tayyorlab bergan.

O‘zbekistonga safar vizasini tasdiqlatish uchun u boriladigan har bir hudud, har bir uchrashiladigan odam to‘g‘risida batafsil kelishib olishga uzoq vaqt sarflagan.

«Bu hujjat mening O‘zbekistonga safarim Shimoliy Koreyaga borish kabi og‘ir kechishini anglatadi», dedi u «Eltuz» nashriga.

Rassom Tuz,
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
5 avgust 2018
1997 yili meni hayratga solgan voqea birinchi raketka ustasining otasi va murabbiyi Shteffi Grafning soliq to‘lashdan bo‘yin tovlagani uchun ...
15 dekabr 2020
2016 yil avgustigacha prezident Islom Karimovning yordamchisi bo‘lib ishlagan va 2020 yil noyabr oyining oxirlarida hibsga olingan Ulug‘bek Mirzamuhammedov ...
24 aprel 2023
Joriy yilning 13 parel kuni yuz bergan Eltuzda yoritilgan xolat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi. Eltuzning telegram kanalida Madina Ismoilova ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...