Turkiyaning Ko‘nya shahrida olti nafar o‘zbek fohishasi qo‘lga olindi
Turkiya ichki ishlar vazirligiga oid maxsus guruh Ko‘nya shahar markazidagi masssaj saloni islovatxonaga aylantirilgani haqida ma'lumotni tekshirish uchun borganida o‘zbek ayollarining pul evaziga tanini sotayotganiga guvoh bo‘lishdi.
Yarim kechada uyushtirilgan tezkor amaliyot chog‘ida O‘zbekistonlik ikki ayol va Qirg‘iziston janubidagi O‘sh viloyatidan bo‘lgan to‘rt o‘zbek ayol qo‘lga olindi.
Turist maqomida Turkiyada bo‘lgan va ishlash izni bo‘lmagan bu ayollar massaj salonida 80 va 100 lira evaziga fohishalik hizmati ko‘rsatishgani aytildi.
Ayollar Ko‘nya hastaxonasida tekshiruvdan o‘tkazilganidan keyin vaqtincha hibsga olingan.
Eltuz. Com muxbirining aniqlashicha bu ayollar jarimaga tortilib. vatanlariga deportatsiya qilinadi.
Bundan oldin Turkiyaning Istanbul shahrida o‘zbek qiz-juvonlarini fohishalikka jalb qilgan tarmoqning 35 yashar o‘zbekistonlik qo‘shmachi to‘daboshisi qo‘lga olingan edi.
Keyingi bir necha yil davomida Turkiya politsiya idoralari o‘zbekistonlik fohishalar bilan bog‘liq yuzlab holat borasida taftish o‘tkazgan.
Eltuz.com