Kundalik
13 may 2016

“Avtomobil qiroli” qanday qilib kelajakka parvoz qildi

Kino ko‘rishni sevaman. Ayniqsa fantastik tragikomediya janridagi kinolarni. Kecha Roman Artemev suratga olgan “Chelovek iz buduщego” degan kinoni ko‘rdim. Kinoni mazmunini gapirib kino bozorini kasod qilish ishtiyoqim yo‘q. Faqat kino sloganini aytaman xolos. Kino «Vse oshibayutsya i eto normalno!» (Barcha yanglishadi va bu odatiy xol) degan shior ustiga qurilgan.

Qizig‘i shundaki, “Barcha yanglishadi va bu odatiy xol” degan gapni Bosh vazir o‘rinbosari Ulug‘bek Ro‘ziqulov avtosanoatga oid nashrlardan birida ishlaydigan jurnalist og‘aynimga aytibdi.

rasm1389
O‘z TV 11 may kungi ko‘rsatuvida 14 maydagi tadbirda nutq so‘zlayotgan Ro‘ziqulovni ko‘rsatdi

Og‘aynimning aytishicha, Bosh vazir o‘rinbosari 104 million ikki yuzming AQSh dollari miqdoridagi sarmoya “uxlatilganini“ yanglishish deb bilibdi.

Har xolda GM Uzbekistan 2016 yil may oyida yangi Chevrolet Aveo modelini ishlab chiqarishni boshlashi lozim edi, ammo mashina chiqmadi.

Yangi T250 platforma asosida yasaladigan avtomobil ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun korxonaga kiritilgan 104,2 mln dollar investitsiya offshordagi “kissa” ga ketgani tipratikonga ham ayon.

Ammo tergovchilar savolnomalarini detektiv roman kabi o‘qiyotgan Ro‘ziqulov “baloning o‘qiday” ishlab yuribdi deydi og‘aynim.

O‘zbekiston telekanali esa 11 may kuni kelajakdagi Ro‘ziqulovni namoyish qildi.

Ro‘ziqulov 14 mayda (?) ochilgan ekoforumda nutq so‘zladi.

Texnika mo‘'jizasini ko‘rganmiz, bitta mashinaning ikki marta sotilganini ham tushunamiz, ammo qanday qilib 14 may kungi tadbirda 5 kun oldin qatnashish mumkinligini anglashga tafakkurimiz ojizlik qildi.

Nima ham derdik «Vse oshibayutsya i eto normalno!»

Ali Qushchi,
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
19 mart 2023
1989 yilning 19 martida Toshkent markazidagi Lenin (hozirgi Mustaqillik) maydonida norozilik mitingi bo‘lib o‘tdi. Mitingni “Birlik” xalq harakati tashkil ...
9 mart 2021
Insoniyatning uzoq kechmishidan ma'lumki, Aleksandr Makedonskiy aqlan, jismonan va ruhan tengsiz kuch-qudrat sohibi bo‘lgan. Shuning uchundir o‘z vaqtida ayovsiz ...
14 may 2021
Manam Majnun behuddek gadolar bo‘lmasam bo‘lmas, Kiyib janda, kuloh, g‘amda adolar bo‘lmasam bo‘lmas. (Hamza) Jadid otamiz Hamza Hakimzoda ijodi ...
2 aprel 2021
Jinoyat kodeksiga o‘zgartishlar kiritilib, prezidentni haqorat qilish besh yilgacha ozodlikdan mahrum etish bilan jazolanadigan jinoyat sifatida belgilandi. Prezident Shavkat ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...