Asosiy mavzular
2 aprel 2021

Prezidentni internetda haqorat qilganlar besh yilgacha ozodlikdan mahrum etiladi

Jinoyat kodeksiga o‘zgartishlar kiritilib, prezidentni haqorat qilish besh yilgacha ozodlikdan mahrum etish bilan jazolanadigan jinoyat sifatida belgilandi.

Prezident Shavkat Mirziyoev tomonidan 30 martda tasdiqlangan hujjatga muvofiq, internet yoki boshqa aloqa vositalari orqali huquqbuzarlik sodir etganlarga nisbatan sanktsiyalar qo‘llaniladi.

Garchi ushbu qonunchilik dunyoning ko‘plab davlatlari, jumladan, Yevropaning bir necha mamlakatlarinikiga o‘xshash bo‘lsa-da, uni qabul qilish vaqti va tezligi hayratlanarli. Dastlab Jinoyat kodeksiga kiritilgan o‘zgartirish 4 mart kuni parlament quyi palatasi tomonidan ma'qullangan.

Bu “Ozodlik” radiosi davlat kompaniyalari soliq to‘lovchilar hisobidan Toshkent janubidagi tog‘larda, Shovvozsoy bo‘yida Mirziyoev uchun ulkan va hashamatli dam olish maskani qurilishini moliyalashtirgani haqida batafsil hisobot chiqarganidan ikki hafta o‘tmay sodir bo‘ldi. Manbalar butun majmuani qurish bir necha yuz million dollarga tushishi mumkinligini taxmin qilishgan.

O‘zbekiston koronavirus pandemiyasi oqibatida yuzaga kelgan iqtisodiy inqirozga dosh berolmayotgan, surunkali isitish tizimi muammolarini engishga qiynalayotgan va Mirziyoev oktyabr oyida qayta saylanishga tayyorgarlik ko‘rayotgan bir paytda bunday hisobotlarga nisbatan sezgirlik, ayniqsa, bu yil yuqori bo‘lishi mumkin.

Prezident tomonidan tasdiqlangan yangi qonun hujjatlari bilan erkin axborot oqimiga cheklovlar kuchaytirildi.

Axborotni tarqatishni tartibga soluvchi qonunga kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra, veb-saytlar, bloglar yoki tezkor xabar almashish kanallari operatorlari nafaqat hukumatni zo‘ravonlik bilan ag‘darish, balki ruxsatsiz ommaviy namoyishlarga chaqiruvlar deb hisoblangan har qanday materialni nashr etgani uchun jazoga tortiladi. 

Qonunbuzarlik materiallari “jamoat tartibiga tahdidni o‘z ichiga olgan yolg‘on ma'lumotlarni bila turib tarqatish” deb hisoblanadigan har qanday jihatni nazarda tutishi mumkin.

Bu nafaqat “Ozodlik” radiosi e'lon qilgan reportajlarni, balki ushbu xabarni tarqatishga jur'at etgan har qanday ommaviy axborot vositasini  jinoiy javobgarlikka tortishga qaratilgan bo‘lishi ehtimoldan xoli emas.

Qanday bo‘lmasin, o‘z-o‘zini tsenzura qilish, asosan, Shovvozsoyning murakkab tarixida kuzatilgan. Hech bir yirik nashrda boshidanoq “Ozodlik” radiosi haqida hech qanday ma'lumot berilmagan va keyinchalik buni amalga oshirganlarida, asosan, bilvosita edi.

18 mart kuni, Shovvozsoy hisoboti e'lon qilinganidan bir necha hafta o‘tgach, tekshiruvdan o‘tgan jurnalistga ushbu majmua haqida Mirziyoevdan so‘rashga ruxsat etildi va oldindan tayyorlab qo‘yilgan rad javobi berildi

Mirziyoev parvoz taqiqlangan zonada joylashgan ushbu olis va kirish mumkin bo‘lmagan dam olish maskani aslida davlat temir yo‘l kompaniyasiga tegishli sanatoriy ekanini ta'kidladi.

 “Bu jamoat joyi. Bunga prezidentning nima aloqasi bor, – dedi u jurnalistlarga. – Agar prezident u yerga boradigan bo‘lsa, bu yuqori lavozimli shaxs bo‘lishi mumkin, uning hamkorligi O‘zbekistonga foyda keltirishi mumkin”.

Ushbu rad etish yaqinda qabul qilingan qonunchilik kontekstida alohida ahamiyatga ega. Chunki prezident haqiqatni aytmayotganiga ishora qilish endi shartli ravishda besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Shunga ko‘ra, ko‘rib chiqilayotgan voqea haqida xabar berish “bila turib yolg‘on ma'lumot” tarqatish harakati bo‘ladi.

Manba: Eurasianet

Tag‘in o‘qing
2 dekabr 2023
Huquq tartibot idoralari maxsus kuchlari 1 dekabr, ya'ni kecha kechqurun taniqli tadbirkor, postsovet hududida “Salimboy”, “Salimboyvachcha” deya tanilgan Salim ...
21 mart 2022
O‘zbekistonning «DXR» va «LXR» mustaqilligini tan olmagani Toshkentning pozitsiyasi ko‘p qutbli ekanini ko‘rsatishga qaratilgan, biroq bu siyosatni aksil-Rossiya siyosati ...
15 mart 2021
Ichki ishlar vazirligi ikki oy ichida 24 milliard so‘mga mahbus tashuvchi 50 ta transport vositasi – avtozak sotib olgani ...
5 oktyabr 2023
Eltuz portaliga kelgan navbatdagi beshta shikoyat maktubini o‘qiymiz. Ular O‘zbeistonning Jizzax, Andijon, Toshkent, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridan kelgan. Dastlabki ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...