Kundalik
24 may 2016

So‘nggi qo‘ng‘iroq va hamma paxta chopig‘iga

O‘quv mashg‘ulotlaridan endigina qutilgan, biroq chopiq degan dahmazaga tutilgan farg‘onalik muallimalarni, tag‘in yaqindagina Universiada sport tadbirlari o‘tgan maydonlarni tozalashga ham safarbar etishmoqda.

Viloyatdagi turli tadbirlar oldidan ko‘cha tozalash, paxta terimi yoki g‘o‘za chopig‘iga chiqariladiganlar o‘qituvchiyu do‘xtirlar bo‘lib qoldi.

Biroq shunda ham ularning tilidan askiya tushmaydi. Sekin suhbatni diktofonimga yozaman.

«Kecha jahlimni chiqargandi, kelinimni ota uyiga tashlab keldim. Endi uyidagilar olib kelsa, men ulardan kafolat xati, tilxat, «barcha ishlarni bajaraman, shu uyda yashasam bo‘ldi» degan ariza olaman-da, uni olib kelgan xola-ammasining rasmi bilan birga bitta yig‘ma jild qilib qo‘yaman, – deya rosa kuldiradi hammani o‘qituvchi opa.

Bu gapni jiddiy qabul qilgan boshqa bir suhbatdoshimiz “Voy, opa unaqa qilmang, keyin biz hech kimni kelin qila olmay qolamiz, o‘qituvchiga beradigan qizim yo‘q, deb turvolmasin odamlar», – deya kulishimizga yana sabab topib berdi.

Chekka tumanlardagi maktablardan birining direktori bilan gaplashayotgandim, uning qo‘l telefoni jiringlab qoldi. Direktor opa telefonni olib “Nima, Namangan chegarasiga 10 ta odam, tozalovgami” deya savollar berib, qo‘ng‘iroq qilayotgan kishidan savollariga javob oldi shekilli “xo‘p” deya tugmachani bosdi.

«Bizlarga qiyin, – deydi direktor opa, – bu yoqda ta'lim-tarbiya ishlari, bir yoqda jamoatchilik topshiriqlari… Chopiqniku bir amallab eplayotgandik, endi manavi tozalov chiqibdi».

Ismi oshkor etilishini istamagan suhbatdoshlarimdan biri vaziyatdan chiqish uchun o‘rniga 15-20 ming so‘mdan berib mardikor yollashga majbur bo‘layotganini aytadi.

«Raxbarlar jamoat ishini ham bajarasan, darsingni ham o‘tasan. Bo‘lmasa arizangni yoz. Ish qidirganlar to‘lib yotibdi” deya shart qo‘ymoqda”, – deydi u.

Biroq mardikor yollashga ortiqcha pul hammada ham topilavermaydi.

“Baloga qolgan o‘qituvchiyu do‘xtirlar. Biz bolalarga dars beraylikmi yoki chopiqqa chiqaylikmi?» deydi endi askiyasini yig‘ishtirib qo‘yib, yuzlarini vodiyning jazirama oftobidan to‘sib, ketmon olib, g‘o‘za dalasiga otlangan boshqa bir muallima.

Nasima Davron qizi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
30 aprel 2018
Prezident Mirziyoev 26 aprel kungi yig‘ilishida Toshkent markazidagi «Istiqlol» san'at saroyi va metro bekatiga “Xalqlar do‘stligi” nomini qaytarish qarorini ...
21 iyun 2020
Bugun O‘zbekistonda haqiqiy ma'noda mustaqillik kuni sifatida nishonlanishi kerak. Chunki bundan 30 yil burun, 1990 yil 20 iyun kuni ...
17 mart 2020
O‘zbekistonga koronavirus pandemiyasi kirib kelgani bois joriy yilning 16 martidan karantin e'lon qilinishi bilan mamlakat bӯylab narx-navo oshishi kuzatildi. ...
26 aprel 2022
Jahon banki loyihalarida ishtirok etish huquqidan kamida to‘rt yil muddatga mahrum etilgan bu shaxs O‘zbekistondagi keng doiralarda unchalik mashhur ...
Bloglar
19 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...