Kundalik
7 iyun 2016

Pushkinxonlik tadbirida Shekspir asari namoyish etildi

Farg‘ona shahrining Farg‘onadagi istirohat bog‘ida o‘tkazilgan Pushkin tavalludiga bag‘ishlangan tadbir Shekspirning “Romeo va Juletta” asari asosida sahnalashtirilgan tomosha bilan yakunlandi.

-Har bir tuman va shahardan rus tilini yaxshi biladigan bir nafar o‘quvchi, bir nafar rus tili o‘qituvchisi, RayONO metodisti ishtirok etishi shart bo‘lgan tadbirda o‘quvchilar Pushkin she'rlaridan o‘qib, uning hayoti va ijodi haqida yig‘ilganlarga ma'lumot berishdi,- dedi tadbir mas'ullaridan biri.

Uning Eltuz.som nashriga bildirishicha bildirishicha, shoir ijodida mavzular ko‘lami g‘oyat keng. Vatan, baxt va quvonch, yoshlik, muhabbat baland pardalarda kuylangan. Pushkin asarlari Cho‘lpon, Usmon Nosir, Hamid Olimjon, Zulfiya, Abdulla Qahhor, Mirtemir singari o‘zbek shoir va yozuvchilari tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilingan.

Jahon adabiyotining buyuk namoyandalari qatori Pushkin ijodi, adabiy merosi O‘zbekistonda yuksak qadrlanadi. Umumta'lim muassasalari, oliy o‘quv yurtlarida shoir asarlari o‘rganiladi.

Biroq tadbir mutasaddilari, Pushkinning boshqa bir davrda, boshqa bir mamlakatda, boshqa bir kunda tavallud topgan angliyaning buyuk adibi Shekspirga nima dahli borligiga izoh berishmadi, balki bu O‘zbekistonda xalq tanigan Shekspir, Bayron, Balzak, Gomer singari daholar tavalludiga bag‘ishlangan kunlarningham o‘tkazilishiga ehtiyoj sababidandir.

Nasima Davron qizi
Eltuz.com  

 

Tag‘in o‘qing
25 iyun 2016
23 iyun oqshomida Toshkentdagi forumlar saroyida raqsga tushgan va qo‘shiq aytganlar orasida ham, tomoshabinlar qatorida ham O‘zbekiston xalq artisti ...
24 mart 2023
Mana xafta charxpalagi aylanib yana siz qora ko‘zlar bilan birgaman. Tog‘ tog‘ bilan uchrashmaydi.   MS: Odom odom bilan uchrashadi. ...
26 may 2016
Maqolada yozilishicha, Andijon viloyatida fermerlar g‘o‘zaga ishlov berishda katta tajriba to‘plagan bo‘lib, bugun bu kuzdagi mo‘l hosil garovi bo‘lib ...
20 noyabr 2018
«O‘zbekkontsert» birlashmasi «uyatsiz» klip bois Shahlo Ahmedovaning litsenziyasini olib qo‘ydi.  Rassom Tuz Eltuz.com
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...