Bombali hujumni o‘zbeklar uyushtirgan
Turkiya Ichki ishlar vazirligi tarqatgan ma'lumotga ko‘ra, Terrorchilardan biri O‘zbekiston vatandoshi. Yana biri esa Rossiya Federatsiyasining Dog‘iston respublikasidan yana biri esa Qirg‘iziston fuqarosi bo‘lgan (Unig ham o‘zbek ekani haqida ma'lumot bor)
Rossiya Federatsiyasining Dog‘iston respublikasidan kelgan terrorchining Istanbuldagi Fotih mahallasidagi uy kiralagani va bir oy oldin Turkiyaga kelgani aytildi.
Ayni paytda Istanbul aeroportiga hujum yuzasidan 16 manzilga bir vaqtning o‘zida amalga oshirilgan reydlarda 13 kishi hibsga olingan.
Ularning 3 nafari xorij fuqarolari ekani aytilmoqda.
Ichki ishlar vaziri Efkan Ala hujum ortida Islomiy davlat guruhi turgani ehtimoli yuqori ekanini yana bir bor ta'kidlagan.
Seshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 21.22 da yuz bergan hujumda uch nafar hujumchi avvaliga Istanbul Otaturk aeroporti tashqarisida avtomatlardan o‘t ochgan.
Shundan so‘ng aeroport ichkarisiga kirib, o‘zini portlatgan.
Uchinchi hujumchi tanasidagi portlovchi moddalarni aeroport kirishida portlatgan.
Portlashlarda 239 odam yaralangan.
Eltuz.com