Kundalik
30 iyun 2016

Majburiy mehnat bois O‘zbekiston reytingi pastladi

Bugun AQSh Davlat departamenti o‘zining odam savdosiga qarshi kurashishga doir yillik hisobotida O‘zbekistonning reytingini mavjud imkoniyatdan eng past darajaga – Tier 3 gacha tushirdi. 2013 yildan boshlab O‘zbekiston paxta sektorida bolalar mehnatidan foydalanishga chek qo‘yilganiga qaramay, davlat har yili yoshi kattalarni paxta yetishtirish va yig‘ib-terib olish ishlariga majburiy jalb etishda davom etmoqda.

2015 yilgi paxta mavsumida majburiy mehnat monitoringini o‘tkazayotgan fuqarolik jamiyatining mustaqil faollariga hujumlar soni keskin oshgani qayd etildi.

Huquq himoyachilari Yelena Urlaeva va Malohat Eshonqulova bir necha bor ushlandi va militsiya bo‘limlarida tahqirli tintuvlarga duchor bo‘ldi, O‘ktam Pardaev hibsga olindi va soxta ayblovlar bo‘yicha sud qilindi, Dmitriy Tixonov uyi yonib, qamoqqa olinish tahdidi ostida qolganidan so‘ng mamlakatdan qochib ketishga majbur bo‘ldi.

O‘zbekiston paxtachiligida majburiy mehnat tizimi o‘zgarishsiz qolmoqda. Davlat jazo qo‘llash, jumladan, ishdan bo‘shatish va ijtimoiy yordamdan mahrum etish, talabalarni universitetlardan haydash tahdidi ostida eng kamida million kishini paxta dalalarida ishlashga majburlamoqda.

O‘zbekiston paxta eksporti bo‘yicha dunyoda beshinchi o‘rinda turadi. Xomcho‘tlarga ko‘ra, har yili paxta sotishdan tushadigan yuzlab million dollarlab mablag‘ faqat hukumat elitasi manfaatlariga xizmat qiladi.

Ochiq jamiyat jamg‘armasi tadqiqotlariga ko‘ra, paxta savdosidan olingan mablag‘ mamlakat byudjetidan tashqaridagi maxsus «Agrofond»ga borib tushadi, unga faqat oliy mansabdorlarning tor bir doirasigina dahldordir.

AQSh Davlat departamenti odam savdosi bo‘yicha vaziyatga oid hisobotini har yili e'lon qiladi. Hisobotda davlatlarning erkaklar, ayollar va bolalarning mehnat va jinsiy ekspluatatsiyasini tugatish uchun zarur eng minimal standartlarga javob beradigan sa'y-harakatlariga baho beriladi.

Har bir davlatning sa'y-harakatlariga uch balli Tier o‘lchovida baho beriladi. Tier 1 ga kiritilgan mamlakatlar mehnat va jinsiy ekspluatatsiyaga qarshi kurashishdagi vaziyat eng yaxshi davlatlar hisoblanadi. Tier 2 ga bu borada yetarli sa'y-harakatlar ko‘rsatmayotgan, Tier 3 ga esa odam savdosiga qarshi kurashishda eng sust mamlakatlar kiritiladi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
21 sentyabr 2022
O‘zbekistondagi ko‘plab fermer xo‘jaliklari klasterlar paxta va boshoqli don xarid qilish bo‘yicha fyuchers shartnomalar nusxasini haligacha o‘zlariga bermayotganidan norozilik ...
29 yanvar 2021
Mana, yana siz bilan betma-bet, yuzma-yuzman. Qarshingizda gapirib o‘tiribman. Rahmatli katta bobom Latif qori odamlar to‘g‘ri so‘zdan qo‘rqadigan zamonda ...
29 aprel 2021
(Shoir va siyosatchi Muhammad Solihning “Imperativ” kitobining davomi. Matnning audioversiyasini muallifning o‘zi o‘qigan. Boshi “Eltuz”ning “Imperativ” ruknida. Davomi bor.) ...
18 oktyabr 2024
Aziz va mukarram, qadrli va mehribon, ko‘zi qora, qoshi qora yurtdoshlarim, mana xapta aylanib, siz bilan yuzma-yuz, betma bet suhbatga musharraf bo‘lganimdan shodman. MS: Nichiksizla xo‘jik ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...