O‘zbekistonlik ayol semizlikdan qutulish uchun Turkiyaga keldi
30 yashar O‘zbekiston vatandoshi Munisa Oyxo‘jaeva Turkiyaga kelguniga qadar 128 kilo tosh bosgan edi.
Semizlikni hastalik deb bilgan Munisa oriqlash uchun Turkiyaning Eloziq (Elazığ) shahridagi shifoxonaga kelishga qaror qildi.
Munisa Oyxo‘jaevaning oshqozonida o‘tkazilgan jarroxlik amaliyoti (sleeve gastrektomie) yaxshi natija berganligini jarrox Fadil Do‘g‘on (Fadil Dogan) Eltuz.com muxbiri bilan telefon suhbatda bildirdi.
Suhbatdoshga ko‘ra, amaliyot besh kun oldin o‘tkazilgan va shu besh kun ichidaa Munira sakkiz kilo tashlagan.
Munisaning o‘zi esa Eloziqda 4 oy oldin xomsemizlikdan davolangan o‘zbek dugonasidan eshitib Turkiyaga kelganini aytadi.
«Dugonam 4 oy burun shu yerda amaliyot bo‘ldi. U shunday oriqlab ketganidan tanimay ham qolibman. Unga havas qilib bu yerga keldim. Mana uch yildirki semizlikdan azob chekaman. Nihoyat men ham hipchagina bo‘lib yurish orzusiga erishdim», deydi Munisa Eltuz.com muxbiri bilan suhbatda.
Munisa kelasi olti oy ichida 60 kiloga ozish rejasini bildirdi.
O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirligining o‘tgan oy Toshkentda o‘tgan davra suhbatida aytilishicha, o‘zbekistonliklar orasida noratsional ovqatlanish natijasida ortiqcha vazn muammosi avj olmoqda. Semizlik, ayniqsa, o‘smirlar orasida tobora ko‘payayotgani tashvishlidir.
Eltuz.com