Kundalik
20 iyul 2016

Sitora, Sarvar va Komillar litsenziyadan mahrum qilindi

19 iyul kuni «O‘zbeknavo» estrada birlashmasi Matbuot xizmati taniqli xonandalar Sitora Farmonova, Sarvar Azimov va Komil Fozilovlarning litsenziyasi tugatilganini bildirdi.

Matbuot xabarida «Litsenziya bitimida nazarda tutilgan talab va shartlar muntazam ravishda buzilganligi sababli, ushbu xonandalar nomiga berilgan litsenziyalarning amal qilish muddati “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 9 dekabrdagi 354-son Qaroriga asosan 2016 yil 19 iyuldan tugatilganligi» bildiriladi.

“O‘zbeknavo” estrada birlashmasi san'atkorlar faoliyatini bir qolipga solishga urinib keladi.

Bundan ilgari O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Dilfuza Rahimova, «Nihol” mukofoti sovrindori Otabek Mutalxo‘jaev, xonanda Dilshod Rahmonov, «Ummon” va «Mango” guruhlari xonandalari, Tamilla litsenziyadan mahrum qilingandi.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Izzatilla Ibragimov, Sobirjon Mo‘minov, Alisher Turdiev, Ravshan Komilov, Toir Qo‘ziev, «Nihol” mukofoti sovrindori Hulkar Abdullaeva va xonanda Farhod Saidovlar esa qattiq ogohlantirishlar olishgandi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, shuningdek bugungacha mazkur tashkilotdan 3 mingdan ortiq xonanda va sozandalar, boshlovchilar litsenziya olishga ulgurgan.
“O‘zbeknavo” odatdagidek, Sitora Farmonova, Sarvar Azimov va Komil Fozilovlarning litsenziyasi nima uchun muddatidan avval tugatilayotgani, ular qaysi talabni buzganiga aniqlik kiritmagan.

Biroq, Internet tarmoqlarida tarqalgan ma'lumotlarga ko‘ra, Sitora Farmonovaning Rossiya telekanali ko‘rsatuvida paydo bo‘lgani, KVNdagi qirg‘iz jamoasi tomonidan “o‘zbekistonlik aktrisa Yevropaga o‘ziga er qidirib kelgani. Uni bunga o‘zbek eri majbur qilgani”, qabilidagi hazillari litsenziyasidan mahrum bo‘lishiga sabab bo‘lgani aytiladi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
14 dekabr 2017
14 dekabr kuni taniqli fotorassom Umida Ahmedova o‘zining feysbuk sahifasida buzilayotgan Kinochilar uyi harobalarini suratga olishga borgani haqida yozdi: ...
12 yanvar 2017
O‘zbekistonda «Korruptsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi qonunning qabul qilinishi ortidan senator va deputatlarning bu hujjatga oid balandparvoz chiqishlari paydo bo‘la ...
11 fevral 2020
Surxondaryolik Abdug‘ani Erdonov 62 yoshda. U shundan 7 yilini qamoqda o‘tkazmoqda. Tadbirkor va besh farzandning otasi Erdonov Tojikiston foydasiga josuslik ...
24 fevral 2020
Bryus Pane, RFERL.ORG 2005 yil 13 may kuni ertalab yaqindagina qamoqxonadan qochib chiqqan bir guruh qurollangan shaxslar O‘zbekiston sharqidagi ...
Bloglar
26 mart 2023
Toshkentda Rauf Parfining ilk haykali ochiladi. 27 mart soat 11 da Tadbir Amir Temur prospektidagi ...
21 mart 2023
Eltuz o‘zining kundalik ko‘rsatuvlarini davom ettiradi. Bugungi ko‘rstuvimizga o‘tgan asrning to‘qsoninchi yillaridan buyon AQShda yashayotgan ...
13 mart 2023
«Yeltuz» kanalida o‘z videoblogini yuritayotgan AQShda yashayotgan 70 yoshli qishloq xo‘jaligi mutaxassisi Ismoil Ospanov aprel ...