Hammasi sahnalashtirilgan
Singlim kichkina rahbar. To‘g‘risi O‘zbekistonda porasiz, ilmi, ma'rifati va odamgarchiligi tufayli tayinlangan sanoqli bog‘cha mudiralaridan. Kechasi ikkida hokimlikdan telefon qilib, xodimlari bilan birgalikda prezident bilan vidolashishga chiqishga chaqirishibdi.
Singlim Do‘rmonga yaqin joyda yashaydi. Majbur chiqibdi. Katta yuk mashinalarida gullar keltirishibdi. (Musulmonlar marhumni gul bilan kuzatmaydi).
Har 5 metrda militsiya… Militsiyalar, formasizlar gullarni qora mashina tagiga uloqtirishni buyurishibdi. Gullar pachaqlangan, xor bo‘lgan. Munofiqlar, zombilar, chulchutlar, o‘zbekchani bilmaydigan «uzbechkalar» esa yig‘lagan… Xullas katta tomosha.
Hech qanaqa xalq o‘z xoxishi bilan, stixiyali chiqmagan. Hammasi uyushtirilgan, tashkil etilgan, majburlab olib chiqilgan. Ahmoqlik davom etadi… Ba'zilar uni alamzadalardan qo‘rqib 2 sentyabrdan oldin ko‘mib bo‘lishgan deyishayapti. 2 sentyabr esa spektakl xolos…
(tahririyatga kelgan xatlardan)
Eltuz.com