«Mirziyoev oyboltasi»: Barcha paxtaga chiqsin!
Shavkat Miromonovich Mirziyoev, vaqtinchalik prezident vazifasini bajaruvchi etib tayinlanishi bilanoq, o‘zining “oyboltasi”ni ishga soldi: 15 sentyabrdan boshlab O‘zbekistondagi aksar o‘rta maxsus, kollej va oliy o‘quv yurtlari talabalari paxtaga safarbar etiladi.
Paxta terimiga, asosan, 1 va 2 kurs talabalari chiqariladi.
Marhum prezidentdan farqli Mirziyov, ko‘p yillik tajribasiga tayanib, bu paxta mavsumida yangi uslubni sinab ko‘rayapti: talaba bo‘lgan homilador ayollar va xronik bemorlar ham paxta terishi shart!
Paxtaga chiqishni istamaganlar yoki imkoni bo‘lmaganlar har bir ish kuni uchun 30 mingdan 40 ming so‘mgacha to‘lashga yoki o‘zlari o‘rniga mardikor yuborishga majbur.
Talabni bajarmaganlar o‘qishdan haydaladi, shikoyatga o‘rin yo‘q!
“Eltuz” izohi: “Oybolta” – rejani bajarmagan fermerlarning mol-mulki zo‘ravonlik bilan tortib olinib, musodara qilishni nazarda tutgan Shavkat Mirziyoev o‘ylab topgan tadbir.
Qaytmas Yirtamanov
Toshkentlik blogger taxallusi
eltuz.com