Catira
6 aprel 2023

Yana pedofiliya haqida

Nega bugun? Nega hozir pedofillik haqida gapirilmoqda? Tabiatan fitna nazariyasiga moyil odamlar pedofil mulozimlar qoralanishi ortida ham yomonlik ko‘rishmoqda. 

Holbuki, Rassom Tuz va Eltuz bu muammo ya'ni pedofillik (bachchabozlik) qilmishini doimo muntazam fosh qilib kelgan. Mana bu matnni fevral boshida yozgandim. Hali adliya vazirligi mulozimi yetim qizlarni zo‘rlagani haqidagi voqea ifsho bo‘lmagan¸ yetim qiz asragan Urganch va Chiroqchidagilar bu qizlarni kiraga beriladigan yoki qizlarning o‘z ta'biriga ko‘ra¸ mehmon tagiga «to‘shaladigan» to‘shakka aylangani elga ma'lum bo‘lmagan paytda: 

«A.R ismli shaxs SSSR davrida Xorazmdagi internatga tarbiyachi qilib tayinlandi. Kunlardan bir kun internat xodimlari uni yosh o‘g‘il bolani zo‘rlayotganini ko‘rishdi. Internat direktori chaqirildi. Aybdor aybini bo‘yniga olib turibdi. Direktor opa SSSRdagi favqulloda qudratli shaxs edi. Istasa nafaqat o‘zbek SSR balki SSSR ichki ishlar vaziri vertushkasiga uchta raqamni terib bog‘lana olardi. Negadir bu opa o‘z internatining pedofil skandali bilan bog‘lanishini istamadi. Majlis qilishdi. Barcha xodimlar o‘sha pedofilni yuziga tuflashdi. Sazoyi majlisi tugagandan keyin bu pedofilga qarata «sen endi yo‘qol¸ maorif sohasiga qaytib qadamingni bosma» deyishdi. Pedofil xalq ijodiyoti bilan bog‘liq davlat idorasiga ishga kirib oldi. Uning pedofil ekanini internatdagi bolalar va pedkollektivdagi yuzlab odam bilardi. Ammo u jazosiz qoldi. Xozir u balki o‘lgandir. O‘zbekiston mustaqil bo‘lgan to‘qsonlar boshida u viloyat hokimligida yangi tuzilgan «ma'naviyat» kontorasida ishlar va haj hamda umraga ketayotgan budushshiy xojaka va xojonalarlarga «maslahat berish» gruppasida edi…

Aytmoqchi bo‘lgan gapim mana bu: O‘zbekistonda pedofillik jinoyati bilan qamalganlarning ro‘yxati tuzilsin. Maxsus reeestrga o‘xshash. Bu pedofillarning qamoqda muddat o‘tagandan keyin xalq ta'limi va boshqaruv tizimiga ishga olinmasligi ta'minlansin!»

Rassom Tuz

Tag‘in o‘qing
3 sentyabr 2019
Samarqandda 27 avgust kuni o‘tgan “Sharq taronalari” festivali arafasida daydi itlar va mushuklarning ommaviy o‘ldirilishi jamoatchilik noroziligiga sabab bo‘ldi.  ...
20 yanvar 2020
O‘zbekistonda Oliy Majlis Senatiga saylanganlarning aksariyati, to‘g‘riroq aytganda, asosiy roldagilar yana o‘sha eski amaldorlarning o‘zlaridir. Bundan avvalroq O‘zbekiston prezidentining ...
15 mart 2023
«Brilliant qo‘l» kinofilmi qahramoni chet elda «it odamga do‘stdir» «bizda esa domkom do‘stdir» deydi. O‘zini «domkom» yoki «etajkom» deb ...
31 mart 2016
Qozog‘istondagi parlament saylovi dastlabki natijalariga ko‘ra, Prezident Nursulton Nazarboev yetakchiligidagi «Nur Otan» partiyasi 82,15 foiz ovoz to‘plab g‘alabaga erishgan. ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...