Chorsudagi til o‘rgatish markazi binosi buzildi
Toshkentdan olingan xabar va fotolarga ko‘ra Chorsudagi Til o‘rgatish markazining uch qavatli binosi buzilgan.
Bu haqda Eltuz.comga toshkentdan maktub yo‘llagan manba o‘z kuzatishlarini shunday yozadi.
«Chorsudagi 3-qavatli til o‘rgatish markazini buzib bo‘lishdi.
OAVda Karimovxonlik davom etmoqda. She'rlar, dostonlar, cho‘pchaklar…
Ishxonam Chorsuda joylashgan. Kecha ertalab ishga bosam, Chosudagi yer ostidan chiquvchi yo‘lak boshida militsiyalar hijobli ayollarni to‘xtatib, chetga olib, yozuv-chizuv qilishyapti…»
O‘zbekiston poytaxtida joylashgan tarixiy va madaniy binolarning buzilishi va ular o‘rnida bir xil tipdagi alyukabond binolar barpo bo‘layotgani haqida eltuz.com nashri ilgari ham yozgan edi.
Noma'lum sabablarga ko‘ra, hokimiyat vakillari sobiq ToshMIning ko‘pchilik uchun qadrli bo‘lgan binosini buzib tashladi. «Toshkent kolizeyi» (sovet davrida Sverdlov nomidagi kontsert zali)ning 1911 yilda qurilgan binosi savdo birjasiga aylantirildi. Nizomiy nomidagi Pedagogika Institutining yuksak marixiy va me'moriy qiymatga ega tashqi qiyofasi butunlay vayron qilindi.
Bu ro‘yxatga Toshkent amaldorlari tomonidan yo‘q qilingan yana o‘nlab madaniy ob'ektlarni kiritish mumkin.
Eltuz.com