O‘zbek internet nashri bankni tanqid qildi
«Kun.o‘z» sayti banklardan hatto tashkilotlar ham maosh uchun naqd pul olishda muammolarga duch kelayotganini yozdi.
O‘zbek matbuotidagi bu kabi oshkora chiqish kam kuzatilgani sababli bu maqolaga e'tibor qaratishni lozim topdik.
Garchi maqolada bu muammoga duch kelgan tashkilot nomi aniq aytilmagan bo‘lsa-da, unda «Davrbank» xodimlari «mijoz bilan munosabatda o‘zlarini xuddi chayqov bozoridagi kabi tutish»gani ta'kidlanadi.
Maqola muallifi “Davr bank” amaliyot boshqarmasiga xodimlar maoshi uchun naqd pul olish uchun borganida «u yerdagilar chunonam “hunar” ko‘rsatganini bildirib, so‘nggi vaqtlarda banklar ishidagi bitta kriminal holatga e'tibor qaratadi.
«Bunga o‘xshash banklarning o‘z “stavkasi” bor. Hisob-raqamdagi pulning istagan foizini naqd pul qilib berishadi va bu istak 30 foizdan kamiga oshmaydi. Ammo shunga ham o‘n kunlab yuguriladi, yig‘lab-siqtaladi, “katta og‘a”lar o‘rtaga suqiladi, ishqilib, «ona suti og‘izga keladi», deb yozadi muallif.
Eltuz.com