Kundalik
21 sentyabr 2016

Surat Ikromov: «Qonunsiz yurt qaroqchilar mamlakatiga aylanadi»

O‘zbekiston Ichki ishlar organlari haqida qonun qabul qilinishi ortidan, Ichki ishlar vazirligi tizimida kadrlar almanishi kuzatilmoqda.

Biroq, ekspertlar fikricha bu qabul qilingan qonunni mustahkamlash uchun emas, balki alashinayotgan hokimiyatni mustahkamlash uchun qilinayotgan amallarning davomidir.

20 sentyabr kuni, chinozlik Inobat Mirzaevaning uyiga avtomatlar bilan qurollangan 14 nafar militsiya xodimlarining bostirib kirgani, uy egasi nabiralarining ko‘zi oldida hushidan ketgani haqida O‘zbekiston Mustaqil Huquq himoyachilari Tashabbus guruhi (O‘MHHTG) raxbari Surat Ikromov xabar tarqatdi.

Axborotda ayni voqea, Ichki ishlar organlari haqidagi qonun imzolanganidan keyin yuz bergani alohida ta'kidlanadi.

«Ahvol o‘zgarmagan, eski hammom eski tos», – deydi huquq faoli Surat Ikromov. – Garchi qonun faqat imzolangan va olti oydan keyin kuchga kirishi kutilsada, unga amal qilish militsiya xodimlariga allaqachon tushuntirilishi kerak edi».

Huquq faolining fikricha bu qonun mamlakat va jamiyat hayotida muhim ahamiyatga egadir.

Biroq, O‘zbekistondagi uzoq yillik tajribasidan kelib chiqib u, birdan eyforiyaga ham berilmaydi.

Qonun kuchga kirganidan keyin ham uning amalda ishlashi uchun ikki-uch yil hukumat raxbarlari, jamoatchilik vakillari birgalikda ancha ter to‘kishlari lozim bo‘ladi.

«O‘zbekistonda Ichki ishlar organlari to‘g‘risidagi qonun allaqachon, 25 yil burun qabul qilinishi kerak edi. Bunday qonunsiz mamlakat, o‘rta asrlardagi, qaroqchilar va yovvoyilar mamlakatiga aylanadi», deydi u Eltuz.com nashriga bergan intervyusida.

eltuz.com

Tag‘in o‘qing
11 oktyabr 2021
Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanidagi Boytish mahallasida yashovchi Shomirza Rixsiboevning xonadonida 7 oydan buyon gaz yo‘q. – Kunlar sovib ketdi. ...
15 avgust 2019
Komil Allamjonovning blogerlar postlar ostidagi izohlar uchun ham javobgar bo‘lishi haqidagi bayonoti qizg‘in muhokama qilinmoqda. Shu muhokamalarda ko‘zim tushgan ...
27 dekabr 2020
Manbalar “Eltuz”ga O‘zbekiston bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev toshkentlik ishbilarmonlar orasida “Shayton” laqabi bilan tanilgan, muqaddam firibgarlikda ayblangan 45 yoshli ...
17 iyul 2024
«Vaqf» xayriya jamoat fondining xayriya ishlari bo‘yicha direktori Sardor Rahimxon (hujjatda Sanjar Rahimov) ehson ilinjida spektakl uyushtirgani xabar qilinmoqda. ...
Bloglar
8 fevral 2025
Shu paytgacha «Anora» degan ikki film olindi. Bittasi yetim qizning ashlachi bo‘gani haqida¸ yana bittasi ...
23 yanvar 2025
O‘zbekiston mudofaa vaziri Xolmuxammedov bosqinchi gazanda Rossiya bilan 2026-2030 yillarda harbiy sohada strategik hamkorlik dasturi ...
20 yanvar 2025
O‘zbekiston prezidenti uyida yirtqich hayvon¸ ilon va xasharotlarni boqadiganlar jazolanishi haqidagi qarorni 16 yanvar kuni ...