chorshanba,
4 dekabr 2024
21 may 2016
IShID bayrog‘ini osgan talaba olti yilga kesildi
19 may kuni 21 yashar Dushanba turg‘uni Davron Qurbonov shaharning 103-nchi mitti mavzesida taqiqlangan “Islomiy Davlat”ning qora bayrog‘ini osganlikda ayblanib 6 yil qamoq jazosiga hukm qilindi.
Sudda qatnashgan Eltuz.com hamkorining aytishicha Qurbonovga bayroq osishda ko‘maklashgan 17 yashar Qudrat Nasrulloev esa 4 yilga ozoodlikdan maxrum qilingan.
Sudda aytilishicha 2015 yilning 25 avgusti kuni Davron Qurbonov o‘z do‘sti bilan bozordan qora mato va bo‘yoq sotib olib IShID bayrog‘ini yasashgan. 29 avgust kuni esa bu bayroqni 103inchi mitti mavzedagi ko‘prik tagiga osib ketishgan.
Davron Qurbonov Dushanba texnika universitetida o‘qigan va shahardagi internet kafelardan birida ishlagan.
Eltuz.com