Video
29 sentyabr 2016

Pugachyovani o‘zbek muxlisi hurkitdi

Yosh kelin kuyovlarga o‘z tilaklarini bildirarkan, mashhur rus primadonnasi, «Priglasite Damu tantsevat!» qo‘shig‘ini kuylaydi.

Qo‘shiq asnosidagi «taklif»ni chinga yo‘ygan, uning ishqibozlaridan biri, barvasta, semiz va tepakal erkak sahnaga chiqib keladi.

«Tы menya pugaesh!», deydi qo‘shiq ohangini buzmagan holda, erkaknning og‘ushini tark etishga urinib Pugacheva. Keyin esa u chap qo‘li bilan erkakning yelkasidan quchib kuylashda davom etadi:

«Mne bы vas okoldovat,
Uvesti so stsenы i poteryat,
Zaberite yego! Vasha sputnitsa prostit…»

deya yengil mutoyiba aralash improvizatsiya bilan o‘jar erkakni sahnadan chetlatishga muvaffaq bo‘ladi.

Ayrim manbalarda to‘yning Toshkentda o‘tgani, kelinning Labzakdan, kuyovning esa BAAdan ekani aytiladi.

Bundan ilgari esa, to‘yning dubaylik kuyov tomonidan tashkil etilgani va unga Alla Pugachevaning taklif etilgani haqidagi gaplarni bir qancha nashrlar inkor etgan edi.

«Kuyov shunchaki arablarning cho‘poni (chaponi.tahr.)ni kiygan» deya yozdi O‘zbekistondagi diydoraziz.uz nashri.

Photoday.uz nashri esa, Alla Pugachyovaning bu to‘yga emas boshqa bir oilaning to‘yiga tashrif buyurganini bildirdi.

Qalampir.uz nashri esa, Alla Pugacheva qatnashgan to‘y avgust oyida Toshkent shahridagi “Yakkasaroy” restoranida bo‘lib o‘tganini yozgan.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
13 mart 2018
Toshkentning Mirza Yusuf masjidi imomi Rahmatullo Sayfuddinovga 9 mart kuni «Ozodlik» radiosini la'natlab, unga «janoza o‘qigani» ortidan Vazirlar Mahkamasining ...
30 noyabr 2024
Kishilik tarixi temir ixtiro qilinganiden keyin dev qadamlar bilan rivojlandi. Bugun oyoqda muhtasham turgan Britaniya va Amerika kabi davlatlarlar ...
26 aprel 2017
Stokgolm hujumchisi Oqilovning sherigi deya hibsga olingan 26 yoshli chechen yigiti ikki kunlik so‘roqdan keyin 25 aprel kuni qo‘yib ...
30 may 2020
“Eltuz” muxbiri Farg‘ona viloyati televideniesi jurnalisti Usmonjon Qodirov 28 may kuni 15 sutkaga qamalib, keyin jazo muddati 2 sutkaga ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...