Militsiya Temur Karpov va frantsuz jurnalistlarini ushladi
6 oktyabr kuni ertalab militsiya xodimlari tomonidan ushlangan fotograf Temur Karpov bilan birga Toshkent viloyatining Bo‘ka tumani paxta dalasida, Eltuz.com manbasi tag‘in ikki nafar frantsuz jurnalisti va taniqli huquq himoyachisi Yelena Urlaeva ham bo‘lganini bildiradi.
«Hatto bilmayman, sizlarga yana qanday kulgili gap yozishimni, mana masalan «ikkita yulduzli» Timur, Bo‘ka militsiyasi xodimi meni o‘ldirishini aytib tahdid soldi, uning gapiga ko‘ra, u tag‘in ko‘plarni o‘ldirishi mumkin ekan… Biroq telefon hozircha qo‘limda» deya bildirdi Temur Karpov 6 oktyabr kuni ertalab qoldirgan ma'lumotida.
Shundan so‘ng uni va frantsuz jurnalistlarini militsiya xodimlari turli xonalarga olib ketishgan.
Yevropa vaqti bilan soat 15.00 da Temur Karpovning otasi Oleg Karpov bilan bog‘langan Eltuz.com muxbiri, uning o‘g‘li bilan aloqasi uch soat burun uzilganicha qolganini aniqladi.
Temur Karpov, o‘zining bir qator dolzarb fotosuratlari va o‘zbek ayollarining bugungi muammolarini aks ettirgan «Bokiralik yuki» filmi muallifi sifatida tanilgan, shu yilning may oyida Human Rights Foundation (HRF) Inson huquqlari halqaro jamg‘armasining yuksak Vatslav Havel mukofotiga sazovor bo‘lgan taniqli fotograf Umida Ahmedova va kinodokumentalist Oleg Karpovning o‘g‘lidir.
Bo‘ka tuman militsiya bo‘limida qolayotgan fotograf Temur Karpov va ikkita frantsiyalik taqdiriga oid voqealar rivojini Eltuz.com jurnalistlari uzluksiz kuzatishda davom etadi.
Eltuz.com