Asosiy mavzular
11 oktyabr 2016

Chiqish vizasiga qarshi petitsiya e'lon qilindi

«O‘zbekistonda chiqish vizasini bekor qilishga da'vat» deya nomlanib, o‘zbek, rus va ingliz tillarida Shange.org ijtimoiy tarmog‘ida e'lon qilingan petitsiya, O‘zbekiston bosh vaziri va muvaqqat prezident Shavkat Miromonovich nomiga uni imzolagan guruh tomonidan yozilgan.

O‘zbekiston hukumatidan Chiqish vizasi tizimini bekor qilish haqida qaror qabul qilinishini talab qilayotgan petitsiya mualliflari, bu tizim xalqaro me'yorlarga javob bermasligiga e'tibor qaratishadi.

Ayni viza tizimining, safar qilish, sayohatga borish, yurish va ko‘chish erkinligi tamoyiliga zid, qolaversa poraxo‘rlikning kengayishiga ham sabab bo‘layotgani urg‘ulanadi.

Petitsiya tashabbuskorlariga ko‘ra, dunyoning deyarli boshqa hech bir davlatida, jumladan mamlakatga qo‘shni bo‘lgan davlatlarda ham bunday tizim yo‘q, bunday amaliyot faqat O‘zbekistonda va Shimoliy Koreyadagina qolgan.

rasm1957
O‘zbek faoli Bahodir Namozovga Ichki Ishlar tomonidan berilgan vizani rad qilish xati

O‘zbekistondagi «Chiqish vizasi» tizimi qonunga bo‘ysunuvchi fuqarolarning mamlakatdan chiqish huquqini cheklaydi, deydi Umida Niyozova, Germaniyada joylashgan O‘zbek German Forum huquq himoya tashkiloti raxbari.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatdan chiqish taqiqini ko‘plab o‘zbek faollari «chet elga vaqtincha chiqishi maqsadga muvofiq emas» degan, qonunchilikda ko‘rsatilmagan mantiqsiz pisanda bilan olishgan.

«Ayrim fuqarolar toifasi borki, ularning mamlakatdan chiqishi cheklanadi. Ular davlat siriga dohil shaxslar, ustidan jinoiy ish ochilgan yoki sud qaroriga ko‘ra militsiya nazoratida turishi lozim bo‘lgan, harbiy xizmatga chaqirilgan yoki sud ajrimini olgan shaxslar bo‘lishi mumkin. Biroq, har bir shaxsdan chiqish ruxsati olishni talab qilish o‘zini hech oqlamaydi», deydi u.

BMT Inson huquqlari qo‘mitasi o‘z hisobotida 2013 yili O‘zbekistonni chiqish vizasi tizimini bekor qilishga chaqirdi.

Mazkur hujjatda ta'kidlanishicha, chiqish vizasi MXX tomonidan o‘z nuqtai nazarini aytishdan qo‘rqmaydigan shaxslarga nisbatan jazo chorasi sifatida qo‘llanib kelinadi.

Umida Niyozovaning tag‘in ta'kidlashicha, O‘zbekistonda Militsiya va MXX, chiqish vizasi saqlanishidan manfaatdor, chunki bu chiqishga ruxsat so‘rovchilardan pul ta'ma qilishning qulay imkonidir.

«Yana bir muhim jihatni ta'kidlash joiz. O‘zbekiston hukumati chiqish vizasini oqlash uchun, boshqa mamlakatlarda horijiy pasport joriy ekanini pisanda qiladi. Haqiqatan ham, mamlakatni tark etish uchun fuqarolarga pasport beriladi, shuningdek, bu ularning samoletga chipta olishlari uchun ham kerak, biroq bu jarayon ruhsat olishni anglatmaydi.

Ya'ni normal mamlakatlarda, biz senga pasport bermaymiz, chunki sizning «chiqishingiz maqsadga muvofiq emas» deyilmaydi. Har bir insondan dushman qidiriladigan O‘zbekistondagi chiqish viza tizimining qabih illati ham ana shunda», deya fikr bildiradi Umida Niyozova.

O‘zbekistonda chiqish vizasini bekor qilish petitsiyasini ushbu link orqali imzolashingiz mumkin: O‘zbekistonda chiqish vizasini bekor qilishga da'vat

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
18 mart 2016
“Pravda vostoka” gazetasining yozishicha, o‘tgan yili “O‘zavtoyo‘l” aktsiyadorlik kompaniyasi korxona va tashkilotlari umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini qurish va ta'mirlashga ...
29 yanvar 2018
Tojik muxolifatining eng taniqli vakillaridan biri, hozir Germaniyada muhojiratda yashayotgan jurnalist Dodojon Atovullaev prezident Imomali Rahmon bilan uchrashdi. Bu ...
30 yanvar 2018
Rassom Dumham Eltuz.com
10 aprel 2024
Toshkentni rak o‘smasi kabi qoplagan diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi reydlar o‘tkazildi. So‘nggi 3 oy davomida diniy ekstremizm va ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...