Asosiy mavzular
8 dekabr 2016

Yulduz «taqiq» tamg‘asidan Karimov o‘lgach qutuldi

O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova O‘zbekiston konstitutsiyasi bayramida «hamroz» qo‘shig‘ini ijro qildi.

Keyingi 9 yil davomida Usmonova katta sahnadan uzoq tutilgan edi.

Masalan joriy yilning 23 iyun oqshomida Toshkentdagi forumlar saroyida raqsga tushgan va qo‘shiq aytganlar orasida ham, tomoshabinlar qatorida ham O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova yo‘q edi.

O‘shanda, Eltuz.com muxbiriga “O‘zbekiston xalq artisti unvoniga ega bo‘lishiga qaramasdan ShHT o‘tayotgan kunlari Yulduz Usmonovani “kontsert zallari va boshqa rasmiy tadbirlardan uzoqda tutib turish” buyurilgani ma'lum bo‘lgan edi.

O‘zbekistondagi FM kanallariga ShHT haqida yuqoridan “dobro” olmagan qo‘shiqlarni efirga berish qat'iy man qilingandi.

Karimovni «podsho» deya atab, qo‘shiqlar kuylagani ham yordam bermadi

Yulduz Usmonova o‘tgan yilning 22 dekabrida Toshkentdagi “Navro‘z” to‘yxonasida O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovga bag‘ishlab qo‘shiq kuylagan edi.

rasm892
Yulduz Chechenistonning rossiyaparast rahbari Ramzan Qodirovni madh qilib ashulalar aytgan edi

Huquqshunoslik bo‘yicha fan nomzodi o‘laroq mamlakatda monarxiya tizimi yo‘qligini tushunishi lozim bo‘lgan Yulduz Usmonova mamlakat prezidentini “poshsho” deya ta'riflagan edi.

Ammo bu qo‘shiq 2011 yili O‘zbekistonga qaytgan xonanda ijodiga qo‘yilgan norasmiy taqiqni bekor qilishga yaramadi. Boz ustiga bu qo‘shiqni ijro qilmaslik haqida Usmonova «O‘zbeknavo»dan rasman ogohlantirish ham oldi.

Unga lintsenziya berilgan bo‘lsa-da, katta sahnada kontsertlar berishiga va teleradio efirlarda qo‘shiqlari yoyinlanishiga izn berilmadi.

Hatto iqtidorda bo‘lgan Gulnora Karimova ham taqiqni sindira olmadi

Yulduz Usmonovaga qo‘yilgan norasmiy taqiqni, Prezident Islom Karimovning o‘sha paytlarda katta ta'siriga ega bo‘lgan qizi Gulnora Karimova ham bekor qildira olmagan edi.

2012 yilning 31 dekabr kuni prezidentning qiziga atab kuylagan “Gulisan” qo‘shig‘ini Internet olamida e'lon qildirgan Yulduz, 2013 yilning bahorida Gulnora Karimovaga tegishli bo‘lgan “Fond Forum” tashkilotining dabdabali “Asrlar sadosi” tadbiridagi gala kontsertga rasman taklifni qo‘lga kiritdi.

Gulnora Karimovaning rejasi oddiy, Respublika televideniesi va yo‘ldosh kanallari orqali jahon mamlakatlariga translyatsiya qilinadigan “Asrlar sadosi” davlat tadbirining yakuniy gala kontsertda Yulduz Usmonovaning chiqishi, uning ijodidagi “zapret”ga nuqta qo‘yish edi.

Biroq, kontsertning eng so‘nggi daqiqasida, Toshkentdan Gulnora Karimovaga kimdir qo‘ng‘iroq qiladi va Yulduzning ushbu tadbirdagi chiqishi bekor qilinadi.

Yulduz Usmonova “Amerika ovozi” radiosi jurnalisti Navbahor Imomova bilan suhbatda o‘ziga qo‘yilgan taqiqning sababini tushuntirgan bo‘ldi:

“O‘zbekistonda hammadan ko‘p zapretni men olganman… Uni menga kimdir siyosat qilayotgani yo‘q… Bitta odamga yoqmay qolganman, mundayroqda, o‘rtaroqda o‘sha ham, hozir yo‘qdir ham u odam, lekin problema qilib qo‘ygan… Endi shu katta adolatsizlikmi? Taqdir nasib bu…”

53 yashar, sobiq deputat va hoji ona bo‘lgan xalq artisti Yulduz Usmonova Turkmanistonning marhum prezidenti Niyozov va Chechenistonning rossiyaparast rahbari Ramzan Qodirovni madh qilib ashulalar aytgan.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
11 fevral 2020
Toshkentdagi Shodlik Palace mehmonxonasi egalari “Ilhom” teatri jamoasidan binoni bo‘shatishni so‘ragani haqida 10 fevral kuni xabar tarqaldi. Mehmonxonani xususiylashtirgan ...
8 dekabr 2020
O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azim “Eltuz” muxbiri bilan suhbatda xonandalar Sanjay va Sherali Jo‘raev janjaliga umuman aralashmaganini, artist bilan ...
18 noyabr 2021
Joriy yil 18 noyabr kuni soat 16.00 da Xalq deputatlari O‘rtachirchiq tumani kengashi doimiy komissiyasi Xalq demokratik partiyasidan deputat ...
20 yanvar 2020
Bosh vazir Abdulla Aripov 18 yanvar kuni 2020 yilda Humo Air davlat aviakompaniyasi tashkil etilishini e'lon qildi. Uning so‘zlariga ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...