Asosiy mavzular
13 dekabr 2016

13 dekabr – mahkum huquq himoyachisi A'zam Farmonov tug‘ilgan kun

2006 yilning aprelida uni hibsga olishgan payti A'zam Farmonov 27 yoshda edi, bugun u 38 yoshga to‘ldi.

Yangi prezidentning saylanishi ko‘plab kutilmagan voqealar bilan birga, yaxshi o‘zgarishlarga umidni ham paydo qilmoqda.

10 yarim yildan ziyod turmada qolayotgan A'zam Farmonov rasman 300 dollarga teng miqdordagi “tovlamachilik” aybi qo‘yilib qamoqaa tashlangan edi.

Hibsga olinishiga qadar u huquq himoyasi bilan faol shug‘ullangan va ko‘plab hamkasblari fikriga ko‘ra, ayni faoliyati uning hibsga olinishiga asosiy sabab bo‘lgan.

Albatta uning va bugun qamoqda qolayotgan boshqa huquq himoyachilari, jurnalistlarning ozod qilinishiga bo‘lgan umidlar qanchalik o‘zini oqlashini vaqt ko‘rsatadi, biroq bunday qarorga bugunoq zudlik bilan kelinishi lozim.

Ozoda Yoqubova shu munosabat bilan mahkumlikda qolayotgan umr yo‘ldoshiga cog‘inch maktubi va she'riy satrlarini yo‘llaydi:

A'zamjon biz sizni sevamiz. Sizning safdoshlaringiz, huquq himoyachilari, xalqaro tashkilotlar tezroq ozod bo‘lishingizni, oilangiz bag‘riga qaytishingiz uchun kecha-yu kunduz kurashmoqdalar.

Albatta kun kelib siz ozod bo‘lasiz deb umid qilib qolamiz. Yana bir bor tug‘ilgan kuningiz bilan tabriklab turmush o‘rtog‘ingiz.

Atirgul gulidan sizga guldasta,
Chin yurak so‘zlarim unga payvasta.
Bir asr yashang-u, yana nim chorak,
Tug‘ilgan kuningiz bo‘lsin muborak!

Bugun sizni yana sog‘indim,
Sog‘inchlarim aylandilar ko‘z yoshga!
Tangrimdan ko‘rmoqlik o‘tindim,
Do‘st tutindim yana sabru-bardoshga!

Ozoda Yoqubova
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
31 avgust 2020
31 yanvar O‘zbekistonda siyosiy qatag‘on qurbonlari xotirasi kuni sifatida nishonlanadi. Shu munosabat bilan bugun Shavkat Mirziyoev Shahidlar xotirasi xiyoboniga ...
27 sentyabr 2017
27 sentyabr kuni Turkiyadan O‘zbekistonga qaytib kelgan o‘zbek yozuvchisi Nurulloh Muhammad Raufxon (Nurilla Otaxonov) hibsga olindi. Yozuvchining rafiqasi Gulnora ...
8 yanvar 2019
Shvetsiyada terrorchilikni moliyalash va teraktlar tayyorlashda gumon qilingan olti nafar o‘zbek ustidan sud 7 yanvar kuni ertalab Ctokgolm okgrug ...
29 mart 2022
“Usmonov AQSh va Yevropa Ittifoqidagi barcha aktivlarini do‘stlarining hisoblariga o‘tkazib qo‘ygan”. Gamburg rasmiylari asli o‘zbekistonlik milliarder Alisher Usmonovning yaxtasi ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...