Mirziyoev O‘zbekistoniga qaytmaslik uchun muxojir o‘zini chavaqladi
25 dekabr kuni shved politsiyasidan o‘zining deport qilingani haqidagi xabarni eshitgan 34 yoshli Javlon Muxsinov qo‘llari va qornini tig‘ bilan jaroxatladi.
Shu kuni Javlon Muxsinov politsiya nazoratida Stokgolmdagi shifoxonasiga yotkizilgan.
Javlonning yaqin do‘stlariga ko‘ra u Shvetsiyada 2004 yildan buyon yashaydi, uning iqomat huquqi (Uppehållstillstån) bor, biroq noma'lum sababga ko‘ra, uning politsiya qidiruvida ekani ma'lum bo‘lgan.
Stokggolmdagi o‘zbek faollaridan biri Muxiddin Qurbonov, Javlonning O‘zbekistonga deport qilinishi uning taqdiri uchun havflidir, deya hisoblaydi.
Uning fikricha, O‘zbekistonda inson huquqlari sohasida ahvol mutlaqo o‘zgarmagan.
O‘z ismini aytishni lozim ko‘rmagan Javlonning yaqin do‘stlaridan biri, 2011 yili Shvetsiyadan deport qilingan olti nafar o‘zbek muxojirlarining taqdiri ayanchli yakun topgani, ularning ayrimlari qamalgani, ayrimlari esa Shvetsiyadagi sheriklariga qarshi donos bergani, ular orasida Javlon Muxsinovning nomini ham borligini aytadi.
Video: https://youtu.be/3mFxUOtDnEc
Qudrat Bobojon
videolavxasi
Eltuz.com