Asosiy mavzular
4 yanvar 2017

Verka Serdyuchka O‘zbekistonda yangi yilni nishonladi

Ukrain xalq artisti, “Verka Serdyuchka” taxallusi bilan sharaflanadigan 44 yashar Andrey Mixaylovich Danilko yangi yilni Toshkentda qutladi.

Danilko Toshkentdagi boy xonadonlarning archa bayramiga birrov kirib chiqib yaxshigina pul ishlagani aytiladi.

Shuningdek, “Verka Serdyuchka” O‘zbekistondagi koreys diasporasining Yunusobod bo‘limi uyushtirgan archa bayramida ham qatnashdi.

Bayramda qatnashganlar va umuman toshkentliklar Eltuz muxbiri bilan suhbatda “Verka Serdyuchka” bilan uchrashish va selfi tushish baxtiga muyassar bo‘lganidan shukronalar aytishdi.

Ayni paytda Verka Serdyuchka obrazini korporativlar Toshkentdagi parodiya teatri akterlari yaratayotgani haqida ham gap so‘zlar bor.

“Verka Serdyuchka” toshkentliklar muhabbatiga noil bo‘lgan bir paytda Andijonda qorqiz kiyimini kiygan erkak kaltaklangani videosi tarqalgan edi.

Andijonda xo‘rlangan «qor qiz»

Qo‘l telefoniga olingan videotasvirda so‘zlashuv normatividan yiroq gaplar bor va unda erkaklar tarafidan uyat so‘zlar, seksizm, zo‘rovonlik, gomofobiya unsurlari aks etgan.

Kadrda bir gala erkaklar «qorbobo»ni o‘tkazib yuborib, «qorqiz»ni o‘rab olishadi va urib, tepib haqorat qila boshlashadi.

Ijtimoiy tarmoqda qoldirilgan izohlardan, buning oddiy biznes ekani, O‘zbekistonda har yili yangi yil kirishi bilan qorbobo va qorqizga ehtiyoj borligini bilish mumkin.

O‘tgan yili O‘zbekistonda qorqizlar zo‘rlangani haqidagi gapdan keyin, qorqiz roliga qiz talabgorlar yo‘qligi bois, bu rolni ham bu yil ko‘proq erkaklar o‘zlariga olishgan edi.

Bu voqea munosabati bilan ayrim yuzerlar o‘tgan asr boshlaridagi o‘zbek teatr truppalarida ham ayollar yetishmagani uchun, ular rolini erkaklar o‘ynashga majbur bo‘lishganini, o‘shanda ham ular ayrim tomoshabinlar qahriga duch kelishganini eslashdi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
18 mart 2022
Mana yana xafta aylanib, siz bilan yuzma yuzman. Bu xafta ichida butun  taraqqiyparvar dunyo Rossiya bosqiniga qarshi mardonavor kurashib ...
13 noyabr 2017
O‘zbekistonlik 1 milliondan ortiq mehnat migrantlari Sankt-Peterburgda ishlayotgani rasman tan olindi. Demak, RFning O‘zbekistonga masofa jihatdan undan-da yaqinroq poytaxti ...
26 noyabr 2018
Rassom Kirpi Eltuz.com
8 mart 2018
Kanadalik o‘zbek huquqshunosi Dilsora Fozilova 8 mart kuni «Eltuz» kanali orqali yunusobodlik imom Rahmatulloh Sayfuddinovning «turk seriallarini ko‘rgan ayollardan ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...