Kundalik
17 yanvar 2017

Istanbul hokimi: Terrorchi O‘zbekiston vatandoshidir

Istanbul hokimi Vosip Shohin va Istanbul amniyat mudiri Mustafo Cholishqon 17 yanvar kuni matbuot anjumani o‘tkazib, qo‘lga olingan odamning O‘zbekiston vatandoshi Abduqodir Masharipov ekanligini aytishdi.

Moltepadagi reyd. Foto: Ijtimoiy tarmoqdan

Qo‘lga olish paytida bitta ham o‘q otilmagan. Masharipovning uyidan 197 ming AQSh dollari chiqqan.

IShIDga mansubligi aytilayotgan mazkur shaxsning laqabi Abu Muhammad Xurosoniy bo‘lgan.

Anjumanda ta'kidlanishicha, 33 yashar O‘zbekiston vatandoshi va etnik tojik Abduqodir Masharipov O‘zbekistonda ham qidiruvga berilgan.

Uning Afg‘oniston va Pokistondagi lagerlarda ta'lim olgani ham ta'kidlandi.

Aniqlanishicha, Masharipov Turkiya hududiga Eron orqali noqonuniy yo‘llar bilan o‘tgan.

Shu kunlarda kelib chiqishi Markaziy Osiyodan bo‘lgan 50 kishi ayni voqeaga aloqadorlikda ayblanib qo‘lga olindi.

Abduqodir Masharipov bilan birga qo‘lga olinganlar orasida bir iroqlik erkak, shuningdek Misr, Senegal va Somali vatandoshlari bo‘lgan ayollar borligi aytilmoqda.

Eltuz.com manbalarining aytishicha, Masharipov O‘zbekistonning Namangan viloyatidan bo‘lib, ikki farzandning otasidir.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
16 dekabr 2016
17 yildan buyon qamoqda qolayotgan taniqli jurnalist, 62 yoshli siyosiy mahkum Muhammad Bekjon jazo izolyatoriga tashlangan va uning muddati ...
18 oktyabr 2018
18-19 oktyabr kunlari  O‘zbekistonga davlat tashrifi doirasida Rossiya prezidenti Vladimir Putin Buxoro viloyati chegarasida qurilishi rejalangan atom elektr stantsiyasining ...
25 oktyabr 2023
O‘zbek tiliga davlat maqomi berilishi talab qilingan bu kadrlarni mening aziz do‘stim marhum Abdulaziz aka Mahmudov suratga olganida men ...
21 iyul 2017
Joriy yil boshida Turkiyadagi Reina tungi klubiga hujum qilib 39 kishini o‘ldirgan Abduqodir Masharipovga ko‘mak berganlikda gumonlangan 42 yosh, ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...