Moskvada ushlangan o‘zbek jurnalisti qo‘yib yuborildi
16 mart kuni ertalab, immigratsiya qoidalarini buzganlik aybi bilan ushlangan Rossiyaning «Novaya gazeta» muxbiri 30 yashar o‘zbekistonlik Xudoberdi Nurmatov kechga yaqin kuyib yuborildi. Foto: «Novaya gazeta»
Unga nisbatan «Rossiyada bo‘lish qoidalarini buzganlik» ma'muriy protokoli tuzilgan va mamlakatdan chiqmaslik haqida tilxat olingan.
Nurmatov «Novaya gazeta» uchun Ali Feruz tahalllusi ostida maqolalar yozgan. Gazeta o‘z bayonotida, uning ushlanishi O‘zbekiston talabiga ko‘ra amalga oshirilgani va uning shaxsi bilan FSB qiziqqanini bildiradi, biroq buning rasmiy tasdig‘i yo‘q.
Ali Feruz nashrdagi o‘z faoliyati davomida „Gazeta sahifalarida moskva raxbarlari va farroshlari o‘rtasida dialoglar tashkil qilgan. Uning harakatlari bilan Moskva atrofidagi oziq-ovqat do‘konlari podvallarida qullikda ushlab turilgan Qirg‘iziston fuqarolari ozod etilgan“, deyiladi „Novaya gazeta“ bayonotida.
Ali Feruzni yaqindan bilgan o‘zbekistonlik faol Abdusami Raxmonovning Eltuz nashriga bildirishicha, jurnalist ko‘proq o‘z faoliyatida mehnat muhojirlari bilan bog‘liq muammolarni yoritgan, o‘zbek hukumatiga nisbatan siyosiy muxolif fikrlari bilan ajralib turmagan.
Og‘ir grippga chalingan jurnalist „Presnya“ OVDdan «Tez yordam»mashinasida shifoxonaga eltishgan.
Eltuz.com