Catira
18 mart 2017

Andijon shahrida 6 kishi pichoqlandi

Keyingi 2 oy mobaynida Andijon shahrida oltita pichoqbozlik qayd qilingan. Andijon shahar Ichki Ishlar boshqarmasining o‘tgan payshanba maxalliy nashrlarga bergan ma'lumotlariga ko‘ra, pichoqbozlik bilan bog‘liq jinoyatlar yana xam ko‘proq bo‘lishi mumkin. Ularga ko‘ra, keyingi 2 oy ichida 183 ta jinoyat sodir etilgan. Shuningdek, 6 ta o‘ta og‘ir turdagi, 13 ta og‘ir turdagi jinoyat holati qayd etilgan. Birgina shaharning o‘zida Ichki ishlar boshqarmasi vakilining ma'lum qilishicha, jinoyatlar orasida pichoq bilan tan jarohati yetkazish holatlari ko‘paymoqda.

  • Hozirgi yoshlar juda qiziqqon, asabiy bo‘lib ketyapti, – deydi Andijon shahrida yashovchi fuqarolardan biri. – Sal narsaga janjallashib ketishadi. Shunday hollarda aksariyat yigitlar kuchi yetmay, pichoqqa yugurganini ko‘rayapmiz. Mana yaqindayam 2 ta kirakash yigit yo‘lovchi talashib, ko‘zimning oldida urishib ketishdi. Yoshrog‘i sherigining biqiniga pichoq sanchib oldi. Kasalxonaga obketishdi. O‘ldimi yo tirik qoldimi, bilmadik.

Pichoq taqish erkakcha urf-odatmi?

Rasmiy ma'lumotlarda pichoq bilan tan jarohati yetkazish holatlari 2 oy ichida 6 tani tashkil etayotganligi qayd etilmoqda. Biroq IIB vakilining aytishicha, bu raqam undan ham ko‘p bo‘lishi mumkin. Chunki yoshlar orasida yonida pichoq olib yurish, ommaviy janjallarda pichoq bilan tahdid qilish xollari ko‘paygan. Erkaklar yengil tan jarohati olgan vaziyatlarda buni militsiya xodimlaridan yashirishga urinadilar. Ular bu ish “erkakchilikka to‘g‘ri kelmaydi” deb hisoblashadi. Viloyat prokuraturasidagi manbaning ma'lum qilishicha, pichoq bilan jinoyat sodir etish ishlari O‘zbekiston bo‘yicha ham eng ko‘p Andijon viloyatida kuzatilmoqda.

Muhammad Yusufning o‘g‘li ham pichoqlab o‘ldirildi

Andijon tumani Xartum qishlog‘ida yashovchi yigit Sarvar (ismlar o‘zgartirilgan) qassob yigit Nodir bilan janjallashib qoladi va oqibatda tan jarohati olib kasalxonaga yotqiziladi. Ayrimlar pichoqbozlik bilan bog‘liq jinoyatlar aksariyat hollarda qassobchilik xunari bilan shug‘ullanadigan kishilarga borib taqalishini ta'kidlashadi. Chunki qassoblarda pichoqning har xil turidan bor. Shuningdek bu pichoqlar o‘tkir tig‘li bo‘lib, yetkazilgan tan jarohatlarining ko‘pi o‘lim bilan yakunlanadi. Bundan bir necha yil muqaddam mashhur o‘zbek shoiri Muhammad Yusufning yolg‘iz o‘g‘li Bobur ham qassob yetkazgan tan jarohatidan halok bo‘lgandi.

Oshpichoqni ta'qikqlaylikmi?

-Afsuski hozirgi yoshlar orasida bunday holatlar juda ko‘payib ketdi, – deydi Eltuz muxbiri bilan suhbatda ruhshunos B.N. – Ijtimoiy muammolarning ko‘pligi, hayot tashvishlari odamlarni asabiy qilib qo‘yyapti. Yoshlar aksariyat hollarda stress holatidan tez chiqib keta olmaydilar. Jahl chiqqanda esa aql qochadi.

-Yaxshiyam O‘zbekistonda qurol-yarog‘ savdosi ta'qiqlangan, – deydi o‘qituvchi J.D. – Aks holda, biz jinoyatchilik borasida yetakchi mamlakatlarni ham ortda qoldirgan bo‘larmidik?! Chunki mentalitetimiz shunaqa-oriyatlimiz, juda qiziqqonmiz. Ayniqsa hozirgi yoshlar gap ko‘tarolmayapti. Aslida pichoq ham sovuq qurol hisoblanadi. Biroq pichoq savdosini ta'qiqlab bo‘lmaydi-da. Pichoq har bir o‘zbek xonadonida bor. Shu sabab birinchi navbatda yoshlar tarbiyasiga e'tiborni qaratishimiz kerak, ularni tinchlantirish, muammolari bilan bo‘lishish, xal qilishda yordam berishimiz kerak. Hozir ko‘pchilik odamlar pul topaman deb, farzandlarining dardi, tashvishi bilan ishi bo‘lmayapti. Shuning uchun bolalarimiz agressiv, alamzada.

Ayni kunlarda uchastka inspektorlari o‘z hududlarida profilaktik chora-tadbirlarni boshlab yuborishgan. Ma'lumotlarga ko‘ra, ular pichoq charxlaydigan ustalarga mijozlarning pichog‘ini charxlash barobarida o‘tkir uchini silliqlab tashlash haqida ko‘rsatma bermoqda.

Shohida Saidova
Andijonlik muallif tahallusi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
13 may 2016
Maxallaning sirini yuqoriga sim qoqib turadigan kampirlarga mahallalarning diniy ma'rifat va ma'naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimi ato qilindi. ...
28 fevral 2023
O‘zbek mulozimlari Karimov davrida hozirgidan ancha aqlli ko‘rinardi. Chunki gapirishmasdi. Mirziyoev davriga kelib ularga til bitdi. Qarasak, hammasi o‘qimagan, ...
24 iyun 2019
Navoiy viloyatining Karmana tumanida yashovchi faol, 2-guruh nogironi, 43 yashar Dildora Boymurodova norozilik namoyishiga chiqish haqidagi bildirgisiga viloyat hokimligidan ...
13 dekabr 2024
Aziz va mukarram, qadrli va mehribon ko‘zi qora, qoshi qora yurtdoshlarim, mana xapta aylanib siz bilan yuzma yuz betma ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...