Stokgolm hujumchisi Raxmat Aqilovning ikki sherigi qo‘lga olindi
Stokgolmda teraktni amalga oshirgan samarqandlik Aqilovning qo‘lga olingan sheriklari deya gumon qilinayotgan shaxslar, Eltuzning ishonchli manbalariga ko‘ra, 47 yoshli O‘zbekiston vatandoshi Siroj Saidqulov va Sunnatillo Saidovlardir.
11 aprel kuni sudda, shuningdek, ular uchun tojik tarjimoni so‘ralgani bildirilgan.
Bundan sal ilgari, shved nashrlari Raxmat Oqilovning advokatini almashtirish va unga sunniy mazhabidagi advokat taqdim etishlarini so‘rab murojaat qilgani haqida yozishgan edi.
Sudda hozir bo‘lgan samarqandlik Rahmat Oqilov Stokgolm markazida teraktni amalga oshirganini tan oldi.
Bu haqda Shvetsiyaning Expressen nashri Ctokgolm sudiga tayanib xabar berdi.
«Shuningdek Oqilov ortidan unga yordam bergan sheriklari ham so‘roqqa tutiladi va qamoqqa olinishi mumkin» deya bildiradi shved nashrlari Ichki ishlar vaziri Anders Igeman
(Anders Ygeman) so‘zlaridan iqtibos keltirib.
Shuningdek, Eltuz manbarlari jinoyatga aloqador yana bitta 30 yoshli shaxsning qidiruvda ekanini tasdiqlamoqda.
Eltuz.com