Asosiy mavzular
10 aprel 2021

Koronavirusga chalingan jurnalist tergovga tortildi

8 aprel kuni Effekt.uz jurnalisti Elyor Tojiboev Surxondaryo viloyati Denov tumani IIB mulozimlari tomonidan o‘zi yashaydigan xonadondan majburan olib ketildi.

Bunga Termiz tumani prokuraturasi sayt muxbirlari Elyor Tojiboev va Akbar Nurimbetovga nisbatan Jinoyat kodeksining 236 (tergov qilishga yoki sud ishlarini hal etishga aralashish) va 219-(hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atib, tergov harakatlari olib borayotgani sabab bo‘ldi. 

Bundan avvalroq Effekt.uz ning Youtube dagi sahifasida Termiz tumani sudida muxbirlar va sudya o‘rtasidagi tortishuv aks etgan video e'lon qilingan edi. 

Prokuraturaning iddaosicha, mazkur voqea yuzasidan tergovga chaqirilgan muxbirlar chaqiruvlarga “nopisand munosabatda bo‘lgan” va tergovga kelmagan. 

Surxondaryo viloyati Denov tumani IIB mulozimini “Eltuz”ga taqdim etgan ma'lumotga ko‘ra, hozir Elyor Tojiboev tergov jarayonlarida ishtirok etmoqda. 

Jurnalistning advokati “Eltuz” bilan suhbatda Elyor Tojiboevga nisbatan noqonuniy xatti-harakatlar sodir etilayotgani, chunki u ayni paytda koronavirus infektsiyasi yuqtirgani sababli vaqtincha tergovga tortilishi mumkin emasligini aytdi. 

“Qolaversa, jurnalistni majburan olib ketishlariga haqqi yo‘q. Avvaldan ogohlantirish bo‘lmagan. Xodimning ish joyiga yo‘llangan xatlarga esa asosli javoblar berilgan. Buni bee'tibor qoldirdi, deya tushunmaslik kerak”, dedi advokat.

Elyor Tojiboevning rafiqasi S.R.ning bildirishicha, IIB xodimlariga advokat tomonidan kasallik varaqalari ko‘rsatilib, holat tushuntirilsa-da, ular Tojiboevni majburan olib ketgan. U uy sharoitida davolanayotgan bo‘lgan.

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xodimi “Eltuz”ning “AOKAdagilar nega jim” qabilidagi savoliga: “Tashkilotimiz tomonidan jurnalistning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha yordam berish choralari ko‘riladi”, deya javob berdi. 

– Ammo jurnalist e'lon qilgan materiali bo‘yicha sudda javob berishi kerak bo‘lgan taqdirda sud ishiga xohlasak ham aralasha olmaymiz, – deya so‘zida davom etdi AOKA xodimi. – Holatni qonun doirasida o‘rganib, vakolatimiz doirasida jurnalistga yordam beramiz. 

Mazkur xodim Effekt.uz saytiga noxolis materiallar chiqarmaslik, boshqa saytlardan ko‘chirmaslik bo‘yicha AOKA rahbariyati tomonidan bir necha marta ogohlantirish berilganini qo‘shimcha qildi.

Effekt.uz elektron nashri rahbari Akmalxon Eshonxonov bu holatni mantiqsizlik, deb baholadi.

– Oxirgi vaqtlarda saytimizga nisbatan adovat kuchaygan, – dedi sayt rahbari. – Turli ayblovlar, tazyiqlar bo‘ldi. Hatto saytga texnik hujumlar uyushtirildi. Jurnalistimizga nisbatan qo‘yilayotgan ayblar asossiz. Bu OAVning qudratiga, oshkoralik, shaffoflik talab qilayotgan Prezidentning imijiga katta putur yetkazadi.

Tag‘in o‘qing
14 oktyabr 2022
O‘zbekistonda birinchi zamonaviy kasaba uyushmasi bir yil avval tashkil etilgan bo‘lsa-da, u duch kelgan muammolar mehnat huquqlari qanchalik keng ...
28 iyun 2016
27 iyun – O‘zbekistonda Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan davlat rahbari yo‘llagan tabrik mamlakat jurnalistlari ...
11 yanvar 2018
9 yanvar kuni MXX tergov hibsxonasida uch oydan ortiq qolayotgan jurnalist Bobomurod Abdullaev xotini, onasi va farzandlari bilan uchrashdi. ...
18 fevral 2019
Jizzaxning G‘allaorol tumanida yashovchi 30 yashar Akmal Ablokimov Samarqand viloyati Ishtixon tumanida ichki ishlar xodimlari tomonidan tahqirlangani va kaltaklangani ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...